Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MUHAMMAD YUSUF (1954)
Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad 
Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumaii, Qovunchi qishlog’ida 
oddiy oilada tavallud topdi. O’rta maktabni tugatgandan so‘ng respublika Rus tili va adabiyoti 
institutini (1978) tamomladi. 1978—1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980—
1986 yillarda «Toshkent oqshomi» ro‘znomasida, 1986—1992 yillarda esa G’afur G’ulom 
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, hozir esa «O’zbekiston ovozi» ro‘znomasida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb 
kirib ulgurgan. Uning dastlabki she’rlari birinchi bor «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» 
ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan. Shundan so‘ng «Tanish teraklar” (1985), «Bulbulga bir 
gapim bor» (1987), «Iltijo” (1988), «Uyqudagi qiz» (1989) «Halima enam allalari” (1989), «Ishq 
kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor” (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992) 
kabi jozibali she’riy to‘plamlari nashr etildi. 1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami 
uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi. 
U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun 
ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki 
tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. 
Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. Shoirnig 
«Mehr qolur» she’rini eslang-a: 
O’tar inson yaxshi-yomoni, Mehr qolur, muhabbat qolur.
Shoir she’riyati ham shunday. Mehringizda, qalbingizda qo‘shiq bo‘lib qoladi. 
 
 
USMON QO’CHQOR (1955)
Iste’dodli shoir Usmon Qo‘chqor 1955 yilda Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida oddiy 


mehnatkash oilada dunyoga keladi, U o‘rta maktabni tugatgach, 1970—1975 yillarda Toshkent 
Davlat dorilfununida tahsil oladi. Shundan so‘ng u 1975— 1977 yillarda G’afur G’ulom nomidagi 
Adabiyot va san’at nashriyotida ishlaydi. 1977—1979 yillarda esa yana ona yurti Shofirkonga 
borib, o‘rta maktablarda ona tili va adabiyotidan dars beradi. 1979—1986 yillarda bo‘lsa, 
Toshkentda — «O’zbekiston» nashriyotida muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 1986—1988 yillarda 
«Cho‘lpon» nashriyotida, 1988—1991 yillarda «Yoshlik» oynomasida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi 
kunda u G’afur G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida ishlamoqda. 
Shoir ijodining boshlanishi asosan 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlariga to‘g‘ri keladi. Uning 
birinchi she’riy to‘plami 1982 yilda «Hayajonga ko‘milgan dunyo» nomi bilan chop ettiriladi. 
To‘plamga kirgan ko‘pchilik she’rlar shoirning izlanishlaridan, o‘z uslubini yaratayotganligidan 
darak bersa ham ular yoshlikning beg‘ubor, sodda, odamiy qalb tuyg‘ularidan tashkil tonganligi 
kitobxonni o‘ziga jalb etadi. So‘ngra, shoirning «Akssiz sadolar» (1986) nomli ikkinchi she’rlar 
to‘plami bosildi. Ketma-ket esa «Uyqudagi minora» (1987), «Og‘ir karvon» (1991) kabi ancha 
jiddiy, salmoqli she’riy guldastalari yaratildi. Bu to‘plamlar shoir dunyoqarashining keng va 
chuqurligi, mavzular doirasining beqiyosligi, fikrlarining teranligi bilan ajralib turadi. Xususan, 
uning «Og‘ir karvon» nomli she’riy to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlari inson ruhiyati, ruhiy 
olami, ma’naviyati haqida bitilgan goh qasida goh pamflet bo‘lib yangraydi. U o‘zining «Ruhidan 
ajragan odam» she’rida ruhidan ajralgan har odam qanotsiz qushga o‘xshaydi. Inson esa har 
damda, hamisha inson bo‘lib qolishiga da’vat seziladi. Dunyo cheksizliklari, olam 
mashmashalari, kishi anduhlari haqida bahs yuritib, pirovard deydi: 
Buyuk xatarlardan tolguvchi dunyo,
Har gal omon chiqa olguvchi dunyo,
Quyoshga umidvor qolguvchya dunyo,—
Imon, e’tiqodi butlarga qolsin,— 
deya orzu qiladi. Shoir o‘z she’rlarida hamisha zamonlar qiyosidan haqiqat, nur izlaydi. Insonni 
ezgu va mukammal etguvchi ruhni izlaydi, ba’zan topadi, ba’zan esa... 
Shoir o‘zining «Quvg‘in» dostonini ham yaratgan, unda qatag‘onlik davri aziyatlari, iztirob va 
alamlari haqida achchiq haqiqatni ochadi. 
U tarjimon, jurnalist sifatida ham samarali ijod bilan band. Shoir rus, Sharq, G’arb 
adabiyotlarining eng yaxshi namunalarini o‘z ona tiliga ag‘darib yana bir savobli ish qilyapti. 
Jumladan, mashhur ozor shoiri Samad Vurg‘un o‘g‘li Yusuf Vurg‘unning «Qatl kuni» romanining 
tarjimasi shundan dalolat beradi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin