Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
 
SHAVKAT RAHMON (1950) 
Iste’dodli ijodkorlar orasida Shavkat Rahmonning o‘z sozi, ovozi ayricha jaranglab turadi. U 
1950 yilning 12 sentyabrida O’sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida 
xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1966 yilda O’shda o‘rta maktabni tugatgach, qurilishlarda, 
bosmaxona va viloyat ro‘znomalarida ishlaydi. 1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi 
Adabiyot institutini bitiradi. 
Shoirning dastlabki she’rlari O’sh viloyat ro‘znomalarida chiqa boshlaydi. Birinchi she’riy to‘plami 
«Rangli lahzalar» (1978) nomi bilan bosiladi. Shundan keyin shoirning «Yurak qirralari» (1981), 
«Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq tog’lar» (1986), «Hulvo» (1988) 
kabi bir qator she’riy to‘nlamlari bosilib chiqdi. U tarjimon sifatida «Lorka, saylanma» (1979) 
nomi bilan ruschadan tarjima, yana «Lorka, saylanma» (1989) ispanchadan tarjimalari bosilgan. 
Uning asarlarida tarixga, kechmishga sayohat, hozirgi kunlarga tanqidiy baho yetakchilik qiladi. 
Shavkat Rahmon she’riyati 80-yillarda o‘zbek adabiyotida kuchli oqimni tashkil etgan lirik-
falsafiy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi. 
 
 


NURALI QOBUL (1950)
Iste’dodli va iqtidorli adiblardan biri Nurali Qobuldir (Nurali Qobulovich Xolbo‘tayev). Nurali 
Qobul 1950 yilda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O’smat qishlogida tavallud topgan. 
1974 yilga kelib Ulug‘bek nomidagi Fargona Davlat pedagogika oliy bilimgohining tarix bo‘limini 
bitirgan. Shundan so‘ng tuman, viloyat komsomol va partiya rahbarlik ishlarida ishlagan. 70-
yillardan boshlab jurialist sifatida tuman, viloyat ro‘znomalarida, aniqrog‘i «G’alaba bayrog‘i», 
«Jizzax haqiqati» ro‘znomalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra Toshkentga 
kelib, «Sovet O’zbekistoni san’ati» (1977) oynomasida muharrir o‘rinbosari, keyinroq bosh 
muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda u «Cho‘lpon» nashriyotining rahbaridir. 
Nurali Qobulning adib sifatidagi ijodi, asosan uning Toshkent davriga to‘g‘ri keladi. Avval hikoya, 
qissalar yozib, ro‘znoma va oynomalarda ko‘rina botlaydi. Uning qissa va hikoyalardan iborat 
«Oyqor» (1978), «Salom, tog‘lar» (1979) kabi to‘plamlari ketma-ket paydo bo‘ladi. Har ikki 
to‘plam ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan qizg‘in bahsga sabab bo‘ladi. Unda urush 
davri fojealari, urf-odat va oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar taqdiri va sevgisi haqidagi falsafiy 
mushohadalar o‘quvchi qalbini to‘lqinlantirgan edi. Eng muhimi, undagi adolatparvarlik sari 
intilish, sof sevgiga adoqat, kattalarga hurmat, asar qahramonlariga nisbatan iliqlik uyg‘ota 
olishidir. Shundan so‘ng yozuvchining yana o‘ndan ortiq she’riy, nasriy asarlari chop etildi. 
Jumladan, «Tubsiz osmon» (1981), «Yashash uchun kehikma» (1983) kabi qissalarida yoshlar 
taqdiri, kelajagi yo‘lidagi kurashi, orzu-intilishlari yana bahslarga yetaklaydi. Adibning «Kaptarlar 
qaytmas-kuya» (1983) hikoya va qissalar to‘plami, «Unutilgan sohillar» (1988) kabi romanlarida 
endi faqat adibning mavzu doirasigina kengayib qolmay, hayot, odamlar haqidagi falsafiy 
qarashlarining tobora real, chuqur ko‘rinishga kirayotganligidan ham shahodat beradi. 
Shuningdek, bolalar uchun yozilgan «Odam, Oyqor tog‘ va daydi shamol» (1980) she’riy ertagi 
yaratildi. Adib publitsist va tarjimon sifatida ham barakali ijod bilan band. Uning «Bug‘doy 
pishig’iga yetmaganlar» (roman va qissalar, 1992) yoki «Vatandan o‘zga yaxshi yor bo‘lmas» 
(1992) kabi publitsistik maqolalar to‘plamlari ham alohida e’tiborni tortadi. 
Nurali Qobul M.Gorkiy va B.Polevoy nomidagi Ittifoq, adabiy mukofotlarining sovrindoridir. Uning 
ko‘plab asarlari rus va qardosh, xorijiy tillarga tarjima qilingan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin