yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Shu tufayli ham «Temir xotin» asari 1989 yilda Maqsud
Shayxzoda sovriniga loyiq topildi. 1990 yilda esa unga Hamza
nomidagi Respublika davlat
mukofoti berildi.
XURSHID DAVRON (1952)
Iste’dodli shoir va publitsist, mohir tarjimon Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand
viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog’ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. O’rta maktabni
tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotining kechki bo‘limida o‘qib,
kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi. 1971—1973 yillar davomida Olmoniyadagi sovet
qo‘shinlari guruhida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992
yilgacha nashriyot sohasida ishlaydi.
Uning ilk she’rlari 1978—1977 yillardan boshlab tuman ro‘znomasi «Sharq tongi»,
viloyat
ro‘znomasi «Lenin yo‘li»da bosilgan. Katta adabiyotga kirib kelishi 1976 yili «Guliston»
oynomasida ustoz shoir Erkin Vohidov oq yo‘li bilan boshlanadi. 1976-1978 yillar davomida bir
qator she’rlari to‘plamlarda ham chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon
quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari
nashr etiladi. «Tuygi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning
ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Polyot odinokoy ptitsi» (1989),
«Samarqand xayoli» (1991).
Hozirgi kunda uning yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashrga
tayyorlanmoqda.
Xurshid Davronning she’riy tarjimalari ham yigirma yil davomida matbuotda bosilib keladi.
Jumladan Nikolay Zobolotskiyning «Turnalar», «Dengiz yaproqlari» (klassik va zamonaviy
yapon she’riyatidan namunalar), «Qirq oshiq daftari» («Muhabbat
haqida yozilgan jahon
she’riyati» durdonalari) hamda «Yetti darvesh daftari» (klassik xitoy she’riyatidan namunalar)
kitobi ham nashriyotga topshirilgan.
1974 yili «Tungi bog‘lar», «To‘marisning ko‘zlari” she’riy kitoblari uchun unga O’zbekiston Lenin
komsomoli mukofoti berilgan edi. Ammo u 1992 yilning boshida bu mukofotdan voz kechib,
qaytarib topshiradi. Hozirgi kunda esa shoir tarixiy hikoyalar va qissalar yozish bilan band.
Xurshid xoh poeziyada, xoh nasrda qalam tebratadimi
hamisha millatparvar, vatanparvar va
bilimdon bo‘lib namoyon bo‘ladi. Undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati keng ilmiy tafakkurga ega
ekanligi adib asarlariga alohida salmoqli mazmun bag’ishlaydi, uning uslubini ham tayin etadi.
Dostları ilə paylaş: