TO’RA MIRZO (1956) Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956 yili
Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta maktabdan
so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining teatrshunoslik bo‘limini
tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra
bir qator ijodiy idoralar, oynoma va ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u
Respublika Targ’ibot Markazining bosh direktori vazifasida ishlamoqda.
To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham, birinchi
she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng uning bir qator
she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan, «G’o‘ro‘glining belanchagi»,
«Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati» kitoblari o‘zbek tilida chiqadi.
Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida,
«Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi.
To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon hamdir. Uning
qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt latifalari», «Saratondagi
izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq dramaturgiya ko‘riklarida bir necha
bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi»,
«Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat
teatrlari sahnasidan munosib o‘rin olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi
Qashqadaryo viloyat teatrida sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston
Respublikasi televideniesida ikki qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi
davomida boy tarixiy merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy
ma’naviy boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va
falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos uslubini
tayin etishga yo‘l ochadi.
U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining «Qopqon», Valeriy
Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin sarg‘ish pushti rang»
kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan.
Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra Mirzodan