Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY (1875-1918) 
Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yili 
Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, 
siyosatga, ma’rifatga bo’lgan qiziqishini tezroq ro’yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom 


huquqshunosligi bo’yicha yirik mutaxassis bo’lib, bu borada ko’plab kitob va risolalar yaratgan 
edi. Bu o’z navbatida Mahmudxo’jaga o’z ta’sirigi o’tkazmay iloji yo’q edi. Keyinchalik bu haqda 
u o’z maqolalaridan birida otasi ta’lim bergan «Hidoya» (Islom huquqiga sharhlar) asarining 
uning taqdirida muhim rol o’ynaganligini bejiz qayd etmaydi. 
Mahmudxo’ja Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiy 
shug’ullanadi. Ro’znoma va oypomalardan jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqealar bilan 
yaqindan tanishib boradi. U Makkaga borish maqsadida arab tilini o’rganishga kirishib, islom 
tarixi va nazariyasi bilan shug’ullana boshlaydi. 1902 yilda Makkaga borib, xo’ja va mufti 
unvonlariga ega bo’lib qaytadi. So’ngra Qozon va Ufa shaharlarida bo’lib, Ovro’po madaniyati 
bilan ham qiziqadi. O’sha davrdagi Qozon, Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi jarida va 
ro’znomalar bilan hamkorlik qiladi. Uning qator maqolalari ham mazkur ro’znoma va 
oynomalarda chiqa boshlaydi. Maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik g’oyalarining 
targ’iboti ushbu maqolalarning markazida turardi. 
Behbudiy dunyoqarashida Rossiyadagi eng nufuzli bo’lgan Kadetlar partiyasining a’zolari bilan 
uchrashuv va ular harakatnomalarining ta’siri katta bo’ladi. 1910 yillarga kelib, o’lkamizda 
«Sho’roi Islomiya», «Ulamo», «Adolat», «Yosh buxoroliklar» kabi firqalar paydo bo’ladi. 1912-
1913 yillarda Behbudiy Samarqandda «Samarqand» ro’znomasi, «Oyna» jaridasi chiqishida 
jonbozlik ko’rsatadi. U 1914 yilda Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o’quv 
qo’llanmalari keltiradi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli 
to’siqlarga uchrab, «jadidchilik» rahnamosi, daxriy deb e’lon qilinadi. Shunga qaramay, tatar 
mutafakkiri Ismoil Gasprinlining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo’llab-quvvatlab, o’z 
o’lkasida ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi, ko’p o’tmay ma’rifatparvar sifatida 
o’z xalqi hurmatiga kiradi. U bir qator jahon tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi bo’lishi bilan 
birga, umuminsoniy madanyatning tolmas targ’ibotchisi ham bo’lgan. 
Behbudiy adib sifatida o’zining «Padarkush» dramasini yaratgan. Unda turkistonlik yoshlarni 
Ovro’po ilmgohlarida o’qitishni targ’ib qilgan. Mazkur asar o’z davrida A. Qodiriyning «Baxtsiz 
kuyov», Mirmuhsin Fikriyning «Befarzand Ochildiboy», Hamza Hakimzodaning «Yangi saodat» 
kabi asarlarining yaratilishiga ham ta'sir ko’rsatgan. Hatto u Amerikaning Kaliforniya 
dorifununida tarjima ham qilingan. 
Bundan tashqari, Behbudiy o’zbek va tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. 
Jumladan, «Muntahabi jug’rofiyai umumiy» (1903 yil, «Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobul 
atfol» (1904 yil, «Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom» (1904 yil, «Islom qisqacha 
tarixi»), «Amaliyoti islom» (1905 yil), «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» (1908 yil) kabi 
darsliklar, kitoblar yozgan. Uning maqolalari 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyatining gazeti», 
«Taraqqiy», «Hurshid», «Shuxrat», «Tujjor», «Osiyo», «Hurriyat», «Turon», «Sadoi Turkiston», 
«Ulug’ Turkiston», «Najot», «Mehnatkashlar tovushi», «Tirik so’z», «Tarjimon», «Sho’ro», 
«Vaqt», «Toza hayot»,«Samarqand», «Oyina» kabi ro’znoma va oynomalarda chop etilgan. 
Albatta, Behbudiy qozonayotgan bunday shuhrat hokim sinflar va amaldorlarning g’ashiga tega 
boshlaydi. Uni Buxorodagi inqilobiy kuchlarga xayrixohlikda ayblab, Said Olimxon tomonidan 
1918 yilda Qarshida qatl qilinadi. Qarshi shahri 20—30 yillarda Behbudiy nomi bilan atalib 
kelinadi. Mahmudxo’ja Behbudiy 1956 yilga kelib oqlanadi. Hozirgi kunda u qoldirgan rang-
barang adabiy-madaniy meros o’z xalqi xizmatiga kirmoqda. 
Xullas, S. Ayniy yozganidek: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat 
bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o'zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan 
barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi». 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin