Bunday qarashlar uning o’zi tashkil etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro’znomasida keng
targ’ib etiladi. Xuddi shu yillar «Hayot yo’lida birinchi masala — maktab masalasidir»
(«Hurriyat», 1917 yil, 1-son) degan shior bilan chiqadi. Uning «Hurriyat» (1917, 31-son)
ro’znomasida bosilgan «Yurt qayg’usi...» nomli lavhasida Turkiston uchun, uning ayollari
ozodligi uchun kurashga bel boglaganligini aytadi. «Men sen uchun tug’ildim, sen uchun
yasharman, sening uchun o’larman, ey turkning muqaddas o’chog’i!» degan da’vat eshitiladi.
«Ulug’ Turkiston» (1917, 2-son) ro’znomasida «Yashasin turklik, yashasin Islom»
shiori bilan
chiqadi. Uning «Hind ixtilolchilari», «Temur sag’anasi», «O’g’izxon», «Abo Muslim», «Turk tili»
kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko’zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon»,
«Chin sevish», «To’lqin», «Vose’ qo’zg’oloni», «Ro’zalar» kabi dramalari yaratildi.
Fitratning 1922 yilda nashr etilgan «O’zbek shoirlari» to’plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy
mozorini izlab», «Sharq» kabi she’rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she’rida «o’zim
uchun ko’p umidlar to’qidim» degan xulosaga keladi. Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay
seni» kabi she’rida oshiqning ma’shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir
«ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning yangi pog’onasiga ko’tarilayotganligidan
dalolat
beradi.
Shoir ijodida, dunyoqarashida siljish, yangilikka, go’zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning
«Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose’» (tojik tilida), kabi dramalari g’oyasida ham seziladi. Uning
«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor falsafasining
chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi ko’zga tashlanadi.
Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot
qoidalari», «Eski o’zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy kuzatuvlari
adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy,
Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini
o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat etishi shubhasiz.
Ahmad
Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy kabi o’ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida
maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog’da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida
ham faol ishladi. 1921— 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo’lib xizmat qildi. 1923—
1924 yillar orasida Moskvadagi
Sharq tillari institutida, so’ng Peterburg dorilfununida ma’ruza
o’qidi.
«O’zbek tili» darsligi, «O’zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925—1930 yillarda besh
marta chop etildi. Uning «Tilimiz», «O’zbekcha til saboqlari», «Imlo konferensiyasi munosabati
bilan» maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o’zbek olimlari orasida birinchilardan
bo’lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo’lgan.
Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Otajon Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi
Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida qatl etildi. Faqat 1956 yilga kelib u oqlandi.
Oqlandiyu, qariyb yana o’ttiz besh yildan so’nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi
haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug’ildi.
Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o’ta boyligi bilan ajralib turadi. 1991 yil 25
sentyabrda Abdurauf Fitratga o’zbek dramaturgiyasini
rivojlantirishdagi, realistik adabiy
tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher
Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Dostları ilə paylaş: