Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ABDULLA AVLONIY (1878—1934) 
Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy Toshkentda kosib 
oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida yozishicha: «12 
yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13 yoshimdan boshlab yoz 
kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir edim. 14 yoshimdan boshlab, 
o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini 
o’qib, zamondan xabardor bo’ldim». 
Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug’ullandi. O’qish va o’qitish usuliga isloh kiritib, yangi 
tipdagi maktab tashkil etgan yosh pedagog o’quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va 


g’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. 
Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», 
«Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan darsliklarni yozgan. 1895 
yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», 
«Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli 
dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z she’rlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni 
tandid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqirar edi. 
Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillarndan yetishib chiqqan yirik jurnalist sifatida 
Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki 
muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar» kabi dramatik asarlarida jaholat, 
bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi. 
Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida 
bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-hammasida inson va 
tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi. Shuning uchun ham uning 
she’rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi uyg’unlashib ketadi. Jumladan, «O’z 
mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boyljkni isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun 
ko’zi qiymagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko’zlari qiymas»ligini qoralaydi. Yoki «Maktab» 
she’rida: 
Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur,— 
deyish orqali maktab inson uchun zulm, nohaqlik, adolatsizlikdan xalos etuvchi, najot yo’li deb 
biladi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi. 
Xullas, A. Avloniy yozganidek:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, 
 Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir. 
Avloniy 1913 yilda Yevropa usulidagi «Turon» teatr truppasini tashkil etdi, unda o’z asarlari va 
qardosh xalqlar tillaridan tarjima qilingan qator dramalarni sahnalashtirdi. 
Abdulla Avloniy o’zbek xalqi maorifi, madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qo’shni Afg’on xalqi 
ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 20-yillarda muhim rol o’ynagan. U ma’lum muddat Afg’oniston xalq 
maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat 
qilgan. 
A. Avloniy 1920—1930 yillarda respublikamiz ro’znoma va oynomalarida qator maqolalari bilan 
faol qatnashadi. 
Avloniy O’rta Osiyo Davlat universitetida dars berish bilan birga, qator adabiyot darsliklarining 
muallifi bo’lgan. U 1934 yili 56 yoshida vafot etadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin