MIRPO’LAT MIRZO (1949) Shoir Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog’ida oddiy
dehqon oilasida tug’ildi. O’rta maktabni tutatgach, o‘z tengdogdlari kabi Toshkent dorilfununining
jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1971 yilda tugatdi. Uning mehnat faoliyati «Yosh
gvardiya» (1971) nashriyotidan boshlandi. U O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida adabiy
maslahatchi, «Yozuvchi» nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishladi, Hozirgi kunda Yozuvchilar
uyushmasining kotibi vazifalarida ishlab kelmoqda.
Mirpo‘lat Mirzoning ijodi dorilfunundagi talabalik yillaridayoq boshlangan edi. Uning dastlabki
she’riy turkumi 1971 yilda «Guliston» oynomasida shoir Abdulla Oripovning fotihasi bilan nashr
etildi. Ilk she’riy to‘plami 1975 yillarda nashr etilgan bo‘lib, so‘ng «Ishq fasli» (1978), «Yaxshi
kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988), «Atirgul va yulduzlar» (1990) kabi bir
qator to‘plamlari chop etildi. Mazkur she’riy to‘plamlarida muallif o‘z xalqi, ona-Vatan dardi va
kelajagini, g’alayonli davr kishilarining murakkab ichki olami, his-tuyg‘ularini, ozod o‘lkasida,
xalqi ruhiyatida shakllanayotgan istiqlol iftixorini kuylashga intiladi.
Kurash ummonining bir mavjiman — men, Mavjlarning balandi, baravjiman — men, Tagor she’ri, Iqbol sadosi — menman, Erk uchun yonganning nidosi — menman!. Yangi zamon keldi! Keldi yangi zamona! Ha, shoir davr ovozi, istiqlol da’vatkori, nurli kelajak oshig‘idir.
Shoir publitsist va dramaturg sifatida ham qalam tebratmoqda. Mirpo‘lat Mirzo tarjimon hamdir.
U A.S. Pushkin, B.Pasternak, A. Tvardovskiy, Ye.Yevtushenko, U. Sulaymon, A. Vozpesenskiy
kabi iste’dodli shoirlarning asarlarini o‘z ona tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Shoir Mirpo‘lat
Mirzo O’zbekiston Resiubdikasi madhiyasini yozgan sovrindorlardan biri hamdir. U hamisha
izlanishda. O’zi aytganday:
Ona yurtim, sening baxting deb, Men qo‘limga olganman qalam, Koshki o‘tli satrlar bitib, Aritolsam ko‘ksingdan alam.