Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
HALIMA XUDOYBERDIYEVA (1948)
Ehtirosli shoira, jurnalist, mushohadanavis, faol jamoatchi, O’zbekiston Respublikasi xalq noibi, 
Respublika Prezidentlik Kengashining a’zosi, «Saodat» oynomasining bosh muharriri, 
Respublika xotin-qizlar Kengashining raisi Halima Xudoyberdiyeva 1948 yili Sirdaryo 
viloyatining Boyovut tumanida oddiy dehqod oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, 
1968—1972 yillar mobaynida Toshkeit Davlat dorplfununida ta’lim olgan. So‘ngra «Saodat» 
oynomasida bo‘lim boshlig‘i, muharrir o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. 1975—1977 yillarda esa 
Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida o‘qigan. O’qishdan qaytgach, 1978—1982 yillarda «Yosh 
gvardiya» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 
Uning ijodi 60-yildardan boshlangan bo‘lib, hozirgacha yigirmaga yaqin she’riy, publitsistik 
asarlar to‘plami nashr etilgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Ilk muhabbat» 1969 yilda nashr 
etildi. Shundan so‘ng «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog’larim» (1976), 
«Gordost» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» (1979), «Beliye yabloki» (1980), 
«Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1988), «Yuragimning og‘riq nuqtalari» (1991) kabi she’riy, 
publitsistik asarlar to‘plami chop etildi. 
Shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyatinnng mavzu va ma’no ko‘lami nihoyatda keng va 
chuqurdir. Uning she’rlarida go‘dak, ayol, ota-ona, yer-suv, tabiat va tog‘u tosh va qushlar 
taqdiri, ularning yashash tarzi, tabiati, holati ifodalanadi desa bo‘ladi. Yaxlit holda inson, tabiat 
va janiyat muammolarining deyarli barcha ko‘rinishlari shoirani hayajonga soladi. Tuproq, ona 
yer va inson taqdiri bir butunlikni tashkil etadi. Shu boisdan ham u bir she’rida «Men shu tuproq 
kuychisiman» deb g’ururlapadi. Eng muhimi, shoir nima haqida, kim to‘grisida yozmasin, 
ko‘pincha ichki yoki tashqi, ruhiy holatlarni chizishdan ko‘ra, o‘y-mushohadalar ziddiyatlarini 
chizishga ishtiyoq kuchli. Shu boisdan bo‘lsa kerak, shoirani mushohadanavis adiba ham 
deyishadi. Mana shu holat va she’riyatidagi soddalik, samimiylik kitobxonni ham o‘ziga jalb 
etadi: 
O’quvchim, to‘kildi og’u bilan bol,
Men she’r deb atadim uning otini.
Hayajonli kunlar mevasini ol.
Ol, uyqusiz tunlar mukofotini. 
Ha, shoiraning barcha she’rlari, to‘plamlari ana shu dardli, hayajonli kunlar va tunlar mevasidir. 
Halima faqat shoiragina emas, otashnafas publitsist hamdir. Ayniqsa, uning «Yuragimning og’riq 
nuqtalari» to‘plamiga kirgan barcha asarlarida zamonamizning eng dolzarb muammolari haqida 
mushohada yuritiladi. Ularda Ona, Ayol, Ezgulik, Bolalik va Kelajak bosh qahramon sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Halima Xudoyberdieva faqat otashnafas shoira, publitsistgina emas, mohir tarjimon sifatida ham 
barakali ijod qilmoqda. Xususan, uning Fazu Alieva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupovlardai 
qilgan tarjimalari e’tiborlidir. Atoqli adiba Zulfiya so‘zlari bilan aytganda, Halima «Tuyg’u, o‘ylar, 
toshqin hislar» bilan to‘la she’riyat ijodkoridir. Unga «Muqaddas ayol» she’riy to‘plami uchun 
1990 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 1992 yilda esa O’zbekiston 
Respublikasi xalq shoirasi degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin