Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman ro‘znomasida bosilib chiqqan. Uning «Oppoq
tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O’shandan
beri uning
«Yorongul» (1981), «Mo‘jiza» (1984), «Chig’iriq» (1988) «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli
hikoyalar va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.
Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamnga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib,
unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. Asar markaziga
saylangan voqealar ko‘p hollarda dramatik, o‘tkir teranligi bilan o‘z kitobxonini jalb etadi.
Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining ma’naviy-axloqiy pokligi,
ozodabaxshligi bilan
o‘quvchiga katta ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag’ishlaydi. Shuningdek, adibning ko‘p
asarlari o‘zining badiiy tili, sodda, oddiy, ravonligi bilan ularning o‘qimishli bo‘lishini ta’minlaydi.
Yozuvchi hikoyalari qozoq, qoraqalpoq, belorus, ukrain va rus tillariga tarjima qilingan.
Dostları ilə paylaş: