Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 


 
RAUF PARFI (1943)
Iste’dodli shoir Rauf Parfi 1943 yilda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida dunyoga keldi. 
1960—1965 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rdi. Jumhuriyat kino qo‘mitasida, 
G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishladi. 
Garchi uning ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham u 60-yillarning 
o‘rtalariga kelib shoir sifatida tanildi. Shundan so‘ng uning «Karvon yo‘li» (1968), «Aks sado» 
(1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976), «Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» 
(1981) kabi o‘nlab sara she’riyat to‘plamlari bosilib chiqdi. «Sukunat» (1991), «Ona Turkiston» 
(1992), «Turkiston ruhi» (1993) hamda ikki jildli «Saylanma» asarlari (1993) chop etildi. Agar 
uning 1-jildi nazm bo‘lsa, 2-jildi nasriy va tarjima asarlarini tashkil etadi. So‘nggi yillarda uning 
«Sharq yulduzi», «Yoshlik» kabi oynomalarda hamda «O’zbekioton adabiyoti va san’ati», 
«Turkiston», «Erk» ro‘znomalarida yangi — mustaqillik davri muammolarini hikoya qiluvchi 
o‘nlab ajoyib she’rlari o‘z o‘quvchisi qalbini yangidan zabt etoldi. U mohir tarjimon sifatida 
Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatiing «Inson manzaralari», Karlo Kaladzeniig «Dengiz 
xayoli kabi asarlarini o‘z ona tiliga o‘girdi. 
U shoir, tarjimongina emas, nosir, maqolanavis sifatida ham o‘z o‘quvchisiga yaqindir. 
Rauf Parfi o‘zining «Sabr daraxti» (1986) she’riy to‘plami uchun O’zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi sovriniga musharraf bo‘lgan. 1992 yilda xalqaro 
Mahmud Koshg‘ariy sovriniga ham ega bo‘ldi. 
 
 
ZOHIR A’LAM (1943) 
Yozuvchi Zohir A’lam urush davri farzandi, u 1943 yili Toshkentda tug’ilgan. O’rta maktabni 
tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor zavodida ishlab, kechqurunlari esa Toshkent Davlat 
dorilfununida tahsil oladi. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, sobiq Sovet Armiyasi saflarida xizmat 
qiladi. So‘ngra Buxoro-Ural gaz o‘tkazgich magistralida ishlaydi. «O’zbekiston» nashriyotida, 
«Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. 
Zohir A’lamning ijodi, aniqroga birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda nashrdan 
chiqqan. Undagi ko‘pgina hikoya adib ko‘rgan, bilgan hayot va zamondoshlari obrazini chizishga 
qaratilgan. So‘ngra 1978 yili «BAM ufqlari» (1978) nomli ocherk va hikoyalar majmuasini chop 
ettiradi. 1978 yilga kelib, uning «Muqaddima» qissasi yaratiladi. 1981 yilda «Kiyik ko‘zi» nomi 
bilan hikoyalar to‘plami bosidadi. Va nihoyat, 1987 yilda «Afandining qirq bir pashshasi» nomli 
qissasi nashr bo‘ldi. Mazkur hikoya, qissalarida muallif hayot va odamlar, tabiat va jamiyat 
muammolari haqida, imon va diyonat, jaholat va pastkashliklar haqida hikoya qiladi. 
Yaxshilardan, yaxshi narsadardan o‘rnak olishga, uning uchun kurashga da’vat etadi. 
U tarjimon sifatida ham ancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Bular orasida S.Zaliginning 
«Komissiya» romani ajralib turadi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin