Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
MUHAMMAD ALI (1942) 
Shoir Muhammad Ali Andijon viloyatining Bo‘z tumanida 1942 yili dunyoga keldi. 1959 yili o‘rta 
maktabii tamomladi. 1960 yili O’zbekiegon Yozuvchilari uyushmasi tomonidan Moskvadagi M. 
Gorkiy nomli Adabiyot institutiga o‘qishga yuborildi. Muhammad Ali 1966 yilda institutni 


tamomlab, Toshkentga qaytadi va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida 
muharrirlik vazifasyada ishlay boshlaydi. 
Shoirning ilk she’rlari o‘quvchilik yillaridayoq vaqtli matbuotda bosiladi. Birinchi yirik asari 
«Mashrab» (1966) dostonidir. Shundan keyin «Fazodagi hislar», «Shafaq», «Otalar yurti», 
«Alvon chechaklar», «Dostonlar», «Hayot sadosi (rus tilida, 1975), «Ninachi haqida ertak» 
(1976) «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo” (1981), «Sevsam, sevilsam» 
(1983), «Soz» (rus tshgada) nomli kitoblari o‘quvchilar qo‘liga tegdi. Uning «Do‘stlik yo‘li» nomli 
she’r va dostonlari (1990) qozoq va qoraqalpoq tillarida nashr etilgan. 
Ma’lumki, Muhammad Ali shoir, publitsist yo'ki tarjimon emas, u romannavis sifatida ham 
shakllanib bormoqda. Uning «Boqiy dunyo» (1981) she’riy romani Mirmuhsinping «Ziyod va 
Adiba», Barot Boyqobilovning «Shukuhli karvon», «Notinch Xuroson», «Yulduzli osmon» kabi 
she’riy romanlariga hamohangdir. Adibning «Sarbadorlar» (1990) romani esa nasriy epik asar 
bo‘lib, ikki kitobdan iboratdir. Ayni chog’da u tarixiy roman sifatida XIV asrdagi eng yorqin tarixiy-
ijtimoiy voqealarni — sarbadorlik harakati tarixini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Eng 
muhimi, bugun xalqimiz erishgan mustaqillik uchun kurash ildizlarini, manbalarini tushunishga 
yo‘l ochadi. Shuning o‘zi romanning zamonaviy qimmatini tayin etadi. Aytish mumkinki, 
Muhammad Ali ko‘p qirrali ijodkorlardan. Uning «Oshiq bo‘lmay, haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» 
(1992) nomli publitsistik maqolalar to‘plami ham shundan kafolat beradi. U ayni chog’da mohir 
tarjimon. Respublika tarjimonlar markazinnng rahbari sifatida ham faol ijod bilan band. U 
filologiya fanlari nomzodi (1992), O’zbekiston xalq yozuvchisi hamdir (1992). 
Shoir Muhammad Ali Pushkin, Bayron, Mitskevich, Tagor, Abay, Tumanyan va boshqalar 
asarlarini, buyuk hind eposi «Ramayana»ni o‘zbek tiliga o‘girdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin