Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
OYDIN HOJIYEVA (1942)
O’zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Buxoro viloyatining Qiziltepa tumani Bo’ston 
qishlog’ida tug’ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni kumush nishon, 1966 yili Toshkent Davlat 
dorilfununining filologiya kulliyotini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1905—1976 yillar «Sharq 
yulduzi» oynomasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976— 1985 yillar «Saodat» oynomasida 
bo‘lim mudiri, tahririyat a’zosi, 1985 yildan to hozir gacha «Gulxan» bolalar oynomasi bosh 
muharriri, 1971 
yildan Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, 20 dan ortiq she’riy to‘plam muallifi. 
Oydin Hojieva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsada, uning birinchi 
she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop ettiriladi. So‘ngra «Manzillar» (1975), 
«Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), «Utrennyaya rosa» (1973, rus 
tilida), «Orzu guli» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» (1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), 
«Dostonlar» (1980), «Xushxabar» (1983), «Mushfiq onajon» (1983), «Tamal toshi» (1989), 
«Saylanma» (1989), «Najot» (1991), «Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy 
guldastalari dunyo yuzini ko‘rdi. Ular orasida «Chashmalarni izlayman» (1987) kabi publitsistik 
asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlar ham bor. 
Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, 
vafodor yor, didli, farosatli va nozik ta’b shoira qalbi jo‘sh uri turadi. Ayni chog‘da dunyo 
voqealariga hamdardlik, insonlar mushkulini yengillatish uchun kurash, o‘z ona xalqi, ona 
tuprogi, madaniy merosiga mehr alohida yangrab turadi. 
Shoiraning eng keyingi «Istiqlolga qasida» nomli she’rida shu ona zaminga, ona xalqqa va 
uning kelajagi taqdiriga jonfidolik alohida eshitilib turdi. U mohir shoiragina emas, ajoyib 
publntsist, tarjimon hamdir. Ayni chog‘da uning asarlari qator qardosh tillar va rus tiliga tarjima 
bo‘lgan. Ana shu faol va samarali ijodi unga O’zbekiston xalq shoirasi (1992) degan sharafni 
keltirdi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin