Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
OMON MATJON (1943)
Iste’dodli o‘zbek shoirlaridan biri Omon Matjon 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida 
tavallud topgan. O’rta maktabni tugatib, Samarqand Davlat dorilfununida tahsil oladi. Sho‘ro 
armiyasida xizmat etadi. 1969—1980 yillar mobaynida u Gafur G’ulom pomli Adabiyot va san’at 
nashriyotida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib xizmat etadi. So’ngra “Yoshlik” oynomasida bosh muharrir 
bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda u Resiublika Prezidenti devonida mas’ul vazifani ado etib 
kelmoqda. 
Omon Matjon 60-yillardan boshlab matbuotda o‘z she’rlari bilan ko‘rina boshlaydi. Keyinchalik 
shoirning eng yaxshi she’rlari uning «Ochiq derazalar» (1970) «Karvon qo‘ngirog’i» (1973), 
«Yonayotgan daraxt» (1977) «Yarador chaqmoq» (1979), «Haqqush qichqirig‘i» (1979) «Seni 
yaxshi ko‘raman» 1983), «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) kabi to‘plamlardan munosib o‘rin oldi. 
Xususan «Seni yaxshi ko‘raman» to‘plamiga ayrim muhabbat haqidagi she’rlari qatorida avvalgi 
sanab o‘tilgan majmualaridagi eng yaxshi asarlari saylab olingan. Shunga ko‘ra mazkur she’riy 
to‘plamni shoirning kichik «Tanlangan asarlari» desa ham bo‘ladi. To‘plamlardagi «Amu», 
«Oybek», «Shu’lalardan hayratlanish», «Ona degan so‘z», «Turnalar», «Mezon», «Chorlov», 
«O’n uchinchi eshik» «Umrimiz haqida» kabi she’rlari hozirgi o‘zbek poeziyasi xazinasidan 
munosib o‘rin egallaydi. Binobarin, shoir she’riyati inson qalbining turfa kechinmalari va jilolarini 
rang-barang tashbehlarda, jozibali obrazlarda ifodalaydi. 
Omon Matjon ijodida uning «Cho‘ldagilar» nomli doston-xronikasi, ayniqsa, «Gaplashadigan 
vaqtlar» nomli she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Unda shoir qayd etganidek, asarning 
yangicha shakli, ohangi kitobxon e’tiborini tortadi. Qolaversa, qissada yuksak insoniy e’tiqod, 
ma’naviyat va qadriyatlar haqida jonli bahslar davom etadi. Xususan, har qanday qirg’in 
urushlar, zulmning har qanday ko‘rinishi la’natlanadi. Yana muhimi, unda muhabbat tasviri 
asarga, xarakterlarga yangicha ruh, yaigicha fayz bag‘ishlaydi. Shularning hammasi shoir 
kamolatiga xizmat etadi, kitobxon bilan munosabatini yanada mustahkamlaydi. 
Omon Matjon tarjimon sifatida qardosh va chet ellar adabiyotlaridan ko‘plab asarlarni o‘z ona 
tiliga mahorat bilan ag‘dara olgan. Xususan, F.Shiller, Sh.Bodder kabi jahon klassiklaridan 
qilgan tarjimalari e’tiborga loyiqdir. U adabiyot oldidagi ana shunday samarali hissasi uchun 
Yoshlar mukofoti, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. 
Ha, xalq shoiri (1993) aytganday: 
«... boshqa juda muhim gap ham aytilmoqchiday, juda muhim, juda yangi... gaplashadigan» 
vaqtlar kelishiga yana bir bor ishonsa bo‘ladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin