qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim, «Namangan haqiqati»
viloyat
ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan 1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u
Namangan vnloyati Madaniyat boshqarmasining boshlig‘idir.
U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi. Uning birinchi
she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi. 1969 yilga kelib
uning
birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada» nomi bilan nashr etiladi. Shundan so‘ng uning
«Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana ostonangdaman» kabi bir qator she’riy
turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’ Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni —
«Onajonim», «Men tug’ilgan yil», «Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon
atlas» degan dostoni ham nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari,
dostonlari va g‘azallarida
jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini
ulug‘laydi. Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi.
U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib Sa’dulla
yaratgan «Yusuf va Zulayho” dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon
drama teatri sahnasidan
tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni chinakam insoniy
sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish,
Bir she’r yozmoqchiman, bittagina she’r,
O’sha she’rni istab keldim dunyoga,
— deb orzu qiladi shoir. Biz ham o‘sha,
shoir istagan
she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz.
Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni berilgan.
Dostları ilə paylaş: