Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/101
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#161866
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 
 
ANVAR OBIDJON (1947)
Hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli adiblardan biri 
Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar, kitoblar nashr ettirib ulgurdi. 
Anvar Obidjoya Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogida 1947 yilning 25 yanvarida 
oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ijodga kirib kelmadi. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qidi. 
Harbiy xizmatdan (1966—1969) qaytgach, 1969—1971 yillarda jamoa xo‘jadigida hisobchi, klub 
mudiri, tuman ro‘znomasi, viloyat radiosida turli vazifalarni bajardi. Ayni choqda Toshkent Davlat 
dorilfununining jurnalistika fakultetini sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga 
kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti, «Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. 
Shu kunlarda u «Cho‘lpon» nashriyotining bosh muharriridir. 
Anvar Obirjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she’ri 
«G’uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer» nomi 
bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi. Shundan buyon qariyb 20 yil davomida 
«Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey, yorug‘ dunyo» 
(1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alamazon i yego pexota». «Masxaraboz 
bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), “Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli 
Meshpolvon» (1990) kabi she’riy va nasriy kitoblari chop etildi. Ulardan tashqari, adibning 


«Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g’irlanishi» kabi p’esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur 
asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi, hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh 
achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji 
kamolat bosqichida. U o‘z ustozlari Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne’mat Aminov kabi 
iste’dodlar safini to‘ldiradi, deb ishonsa bo‘ladi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin