1. Musibatlar insonning baxtsizligiga dalolat qilmaydi. Inson hayoti davomida turli musibatlar, sinovlar,
kasalliklar va omadsizliklarga uchraydi. Bu narsa (ko‘pchilik o‘ylaganidek) uning qilgan biror yomon ishi
evaziga ko‘rgilik emas, erishgan ketma-ket muvaffaqiyatlari ham, uning yaxshiligiga berilayotgan mukofot
emas. Chunki, bu dunyo qilmishiga yarasha jazolanadigan joy emas, balki oxiratga zaxira tayyorlaydigan
maydondir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu haqda: «Dunyo oxiratning ekinzoridir», - deganlar. Bu dunyoda
qilingan yaxshilikni ham, yomonlikni ham mukofot yoki jazosini Alloh taolo oxiratda beradi.
Agar bu dunyoda yaxshi va mo‘min odamga faqat yaxshilik bo‘lganda, yomon va kofir odamga faqat
yomonlik berilganda edi, dunyoda yomon odam qolmasdi, hech kim Allohni inkor etmasdi, kofir bo‘lmasdi.
Aksincha, dunyo oxirat ekinzori bo‘lgani va inson yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan imtihon etib sinalgani
uchun, yaxshi odamlarning ham, yomon odamlarning ham oralarida azoblanayotganlar, ishi
yurishmayotganlar, omadsizlar, falokatlarga yo‘liqqanlar bor. Ular orasida rohatda yashayotganlar, maqsadiga
erishayotganlar, boy-badavlatlar, omadlilar borki, bu sinovlar hali ularning qaysi birlari baxtli, qaysi birlari
baxtsiz ekanligini aniqlash va hukm chiqarish uchun imkon bermaydi. Har ikki toifa uchun har ikki holat
shunchaki bir sinovdir. Alloh taolo shunday deydi:
َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ﺎَﻨْﻴَﻟِإَو ًﺔَﻨْﺘِﻓ ِﺮْﻴَﺨْﻟاَو ِّﺮﱠﺸﻟﺎِﺑ ْﻢُآﻮُﻠْﺒَﻧَو «Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. Keyin faqat Bizgagina qaytarilursizlar».(Anbiyo, 35.) Hattoki bunday sinovlar payg‘ambarlar ustilarida ko‘proq va qattiqroq bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
shunday marhamat qilganlar: «Odamlarning eng qattiq sinovga uchraydiganlari payg‘ambarlardir. Ulardan so‘ng avliyolar,