Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan»



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan».
 
Arablar maqolida shunday deyiladi: «Sabr nusratga yetkazuvchi vositadir».
2. Nusrat faqat Allohdandir. Qissada bayon etilishicha, Ayyub (a.s.)ning musibatdan avvalgi hayotlarida 
seribodat bo‘lganlari, ertayu kech Allohga iltijo va duoda bo‘lganlari, Alloh taolo esa bu bandasini barcha 
ne’mat bilan siylagani, bunga shaytonning hasadi va adovati qo‘zg‘ab: «Ayyub (a.s.)ning bunday ibodatda 
mustaqim turishlariga ne’matlar sababchidir. Agar bu ne’matlardan judo bo‘lsa, ibodatdan ham yuz o‘giradi», - 
deb Ayyub (a.s.)ning boshlariga shunchalik musibat tushishiga sabab bo‘ldi. Ammo qissadan shu narsa ayon 
bo‘ldiki, Ayyub (a.s.)ning ko‘p ibodat qilishlari ne’matlar tufayli emas, balki, imonlarining mustahkamligi tufayli 
ekan. Musibatlar ketma-ket yog‘ilsa ham, uzoq muddatga cho‘zilsa ham, Ayyub (a.s.)ning imonlari yanada 
quvvatlandi, ibodatlari yanada samimiylashdi va iltijolari qattiq bo‘ldi. Natijada, Allohning marhamatiga 
erishdilar, shayton esa noumid bo‘ldi. 
Bundan xulosa shuki, islom ibodatiga yangi kirgan kishilar, agar biroz ishlari yurishmay qolsa yoki biror 
dindor kishidan kamchilik sodir bo‘lsa, darhol Alloh bilan urushib: «Men namoz boshlaganimdan keyin ishim 
yurishish o‘rniga teskarisi bo‘ldi», - deb yoki «falonchi namozxon bo‘lib turib ayb ish qildi, bor men namozxon 
bo‘lmayman», - deb Allohdan yuz o‘girib ketuvchilarga bu qissada katta ibrat bor. Alloh taolo faqat O’zini 
degan va: 
 ُﻦﻴِﻌَﺘْﺴَﻧ َكﺎﱠﻳِإَو ُﺪُﺒْﻌَﻧ َكﺎﱠﻳِإ
)
٥
(
 
«Yolg‘iz O’zinggagina ibodat qilaman va yolg‘iz O’zingdangina yordam so‘rayman», (Fotiha, 4.)
 
- degan 
bandalarini hech qachon tashlab qo‘ymaydi va dunyoda ham oxiratda ham xor qilmaydi. 
3. Har bir dardning davosi bor. Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning duolarini ijobat qilganidan keyin, oyoqlari bilan 
yerni tepish va shu yerdan chiqqan buloq suvi bilan yuvinib va ichib poklanishni buyurdi. Alloh taolo busiz ham 
payg‘ambari jismidagi kasallikni yo‘q qilib, o‘sha ondayoq aslilariga qaytarishga qodir edi. Kasallikka davo 
istashni, uni topib, iste’mol qilib, shu sabab bilan shifolanishni payg‘ambariga buyurdi. Demak, har qanday 
bemor ham, o‘z kasalining shifosini Allohdan so‘rash bilan birga, uning sababiga kirishishi, davosini qidirishi 
lozim. Ko‘p davolash vositalari orasidan qaysi birini sabab qilish esa Allohga havola. Shuning uchun 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Turli usullar bilan davolaninglar, sihhat topasizlar!» 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin