Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

)
٥٦
(
 ﺎًّﻴِﻠَﻋ ﺎًﻧﺎَﻜَﻣ ُﻩﺎَﻨْﻌَﻓَرَو
)
٥٧
(
 
«Yana ushbu kitobda Idris qissasini zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Va biz 
uni yuksak martabaga ko‘tardik», deyiladi va Allohning huzurida u zotning martabasi yuksakligi bildiriladi. 
(Idrisning Yer yuzida uch yuz oltmish besh yil umr ko‘rib, keyin osmonga ko‘tarilib ketgani haqida Tavrotning 
«Ibtido» kitobida yozilgan. 5-bob, 9-bet.)
Idris (a.s.) qissaidan dars va ibratlar 
Idris (a.s.) birinchi faylasuf ham hisoblanadilar. U zotning qilgan ishlari va aytgan so‘zlari barchaga ibratdir. 
Idris (a.s.)ning uzuklari ko‘ziga quyidagi gaplari o‘yib yozilgan edi: 
«Allohga imon keltirish zafarga eltadi». 
Idris (a.s.)ning namoz vaqtida kiyadigan liboslarida esa: «O’zining nafsiga e’tibor beradigan, yaxshi amallari 
parvardigor huzurida shafoat qiladigan kishi eng baxtli kishidir, - deb yozilgan edi.
Quyidagi falsafiy gaplar ham Idris (a.s.)ga mansubdir: 
1. Hech bir kishi Allohning unga berayotgan ne’matlariga munosib shukr aytolmaydi. 
2. Alloh huzuriga duo qilsangizlar, ro‘za tutsangizlar va namoz o‘qisangizlar niyyatingizni xolis qilinglar. 
3. Odamlarning boyligini ko‘pligiga hasad qilmanglar, chunki undan juda oz foydalanadi. 
4. Kimki keragidan ortiq narsaga urinsa, hech narsa bilan boy bo‘lmaydi. 
5. Umrboqiy bo‘lish donishmandlikdadir
.(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al anbiy fil-Qur’anil karim. Lubnon. 57-bet. 
Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’an. Damashq. 2001. 17-bet.)
2.4. NUH (A.S.) 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Nuh (a.s.)ning qissalari Qur’oni karimda yigirma sakkiz suraning qirq uch oyatida kelgan.
Nuh (a.s.)ning nasablari – Nuh ibn Lomak ibn Matushaloh ibn Xanux (Idris) bo‘lib, Odam (a.s.)ning 
vafotlaridan bir yuz yigirma olti (ba’zi rivoyatlarda bir yuz qirq olti) yil keyin Bobil (Iroq) ning hozirgi Kufa shahri 
joylashgan mavze’ida dunyoga kelganlar. Nuh (a.s.) tillari shirin, so‘zlari ravon, aqllari o‘tkir, nihoyatda halim va 
sabrli kishi edilar. 
Alloh taolo Nuh payg‘ambar va u kishining qavmlari haqida yigirma sakkiz suraning qirq uch joyida zikr 
etgan. 
«Nuh (a.s.) payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtda u kishining qavmlari qanday zalolatda ekanligi borasida 
ulamolar turli fikrlar bayon etganlar. 
Ba’zilarining fikricha, ular fahsh ishlar bilan, aroqxo‘rlik, zinokorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar. 
Ba’zilarining fikricha, o‘sha davrda Buyurosib (arabcha Zahhok) podshoh edi. U sobiiylar e’tiqodida bo‘lib, 
qavmning barchasi ham itoat yuzasidan podshohdek zalolatda edilar. 
Ammo Alloh taolo o‘z kalomida xabar berishiga qaraganda, Nuh (a.s.)ning qavmi butparastga aylangan 
edilar».(Tarixi Tabariy. 1-jild. 122-bet.)
Ular Suvo‘ nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us nomli arslon, Yauq 
nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi. 
Ibn Jarir At-Tabariyning o‘z tafsirida yozishicha, Muhammad ibn Qays ismli kishi shunday deydi: «Nuh 
qavmining ibodat qilgan butlari avvalda Odam va Nuh orasidagi muddatda yashagan solih odamlar bo‘lishgan 
edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq va ibodatga 
g‘ayrat keltiruvchi bo‘lsin degan niyyatda suratlarini yasatib qo‘ygan va bu suratlarga sig‘inmagan edilar. 
Bu zamondagi odamlar olamdan o‘tib ketishgandan keyin ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib, 
«otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih kishilarning timsoliga 
ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi». 
Imom Buxoriy va Muslim sahihlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan shunday hadis rivoyat qilingan: «Habashiston hijratidan 
qaytib kelgan Ummu Salama va Ummu Habiba onalarimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga, Habashistonda «Moriya» ismli 
ibodatxonaga kirganlarini, uning go‘zalligini, u yerda juda ko‘p tasvirlar borligini hikoya qilib berishdi. Payg‘ambarimiz 
(s.a.v) dedilar: «Ularning odatlaricha, oralaridan biror solih kishi olamdan o‘tsa, uning qabri ustiga masjid quradilar va 
uning suratini masjidga chizdiradilar. Ular Allohning nazdida odamlarning eng yaramaslaridir». (Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. 
Qohira. 57-bet.)
Bundan tashqari ular sayyoralarga ham sig‘inishgan. Sayyoralar kechasi ko‘rinib, kunduzi ko‘zdan g‘oyib 
bo‘lgani uchun, ularning shakllarida ham sanamlar yasab, sig‘inganlar. Allohning kalomida shunday deyiladi: 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin