to‘rttasi suryoniylardandir. Ular: Odam, Shis, Nuh va Xanuxdirlar. Xanux (Idris) birinchi bo‘lib qalam bilan yozgan kishidir va Alloh taolo unga o‘ttiz sahifa nozil etgan» .(Tarixi Tabariy. 1-jild. 116-bet.) Idris (a.s.) har kuni namoz va ro‘zadan tashqari 12 ming marta Allohga tasbeh aytardilar. Ko‘p ibodat
qilganlaridan Idris (a.s.)ga Alloh osmon sirlarini ochdi va u zot tiriklayin osmonga ko‘tarilib ketdilar. Hilol ibn Yasof aytadilar: «Ibn Abbos (r.a.) Ka’bul-ahbordan so‘raganlarida men o‘sha yerda eshitib turdim.
Ibn Abbos (r.a.): «Ey Ka’b, «Biz Idrisni baland darajaga ko‘tardik» - degan oyatning ma’nosini qanday
tushunamiz?» - deb so‘radilar. Ka’bul-ahbor shunday deb javob berdilar: «Alloh taolo Idris (a.s.)ga: «Men sizni
har kuni barcha odamzodning amali darajasida ko‘taraman» - deb vahiy tushirdi. Idris (a.s.) yanada amallari
ko‘payishini xohladilar. Shu payt Idris (a.s.)ning farishta do‘stlaridan biri yo‘liqib qoldi. Idris (a.s.) unga: «Alloh
menga shunday vahiy tushirdi, shuning uchun o‘lim farishtasi bilan gaplashaylik, (menga tegmay tursa) men
yanada ko‘proq amal qilaman» - dedilar. Farishta Idris (a.s.)ni qanotlari ustiga o‘tirg‘izib, to‘rtinchi osmonga
ko‘tarildi. U yerda shoshib kelayotgan o‘lim farishtasini ko‘rishdi. Idrisning gaplari esga olinganda, o‘lim
farishtasi: «Idris qaerda?» - deb so‘radi. Farishta o‘z ustidagi Idrisga ishora qildi. Shunda o‘lim farishtasi:
«Taajjub, Alloh menga Idrisning jonini to‘rtinchi osmonda olishimni buyurgan edi. Men: «Yerdagi Idrisning
jonini qanday qilib to‘rtinchi osmonda olar ekanman!» - deb kelayotgan edim» - dedi va Idris (a.s.)ning jonlarini
qabz qildi»
.(Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo. Qohira. 49-bet.) Maryam surasining 56-57 oyati karimalarida Idris (a.s.) haqlarida:
ﺎًّﻴِﺒَﻧ ﺎًﻘﻳِّﺪِﺻ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ َﺲﻳِرْدِإ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻲِﻓ ْﺮُآْذاَو