«Payg‘ambarlarga bir yuz to‘rtta kitob nozil qilingan. Shis payg‘ambarga ellik sahifalik kitob tushgan. Bugungi kunda yashayotgan barcha insonlarning nasabi Shisga boradi. Odamning barcha farzandlaridan tarqalgan insonlar inqirozga uchrab, bitta ham qolmay yo‘qolib ketganlar. Hozirgi insonlar esa Shisning avlodlaridir».(Tarixi Tabariy, 1-j. 103-bet.) Odam (a.s.)ning farzandlari orasida Qobil va Hobil ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular ham o‘z egizlari bilan dunyoga
kelgan edilar. Ular voyaga yetib, Qobil dehqonchilik bilan, Hobil esa cho‘ponlik bilan shug‘ullanardi.
Ulamolar Qobilning nomi to‘g‘risida ixtilof qilganlar: ba’zilarining fikricha, Qayn ibn Odam; yana ba’zilarining
gumonicha, Qobiyn ibn Odam; boshqa ba’zilari esa Qoyin ibn Odam, deganlar.
Odam (a.s.) o‘z odatlariga ko‘ra Qobilga Hobil bilan tug‘ilgan egiz qizni, Hobilga esa Qobilning egizini
nikohlab berishni o‘yladilar. Ammo Qobil o‘zi bilan egiz tug‘ilgan Iqlimani Hobilning nikohiga berishni istamadi.
Aka-uka orasida janjal chiqdi. Odam (a.s.) aka-uka orasidagi bu adovat o‘tini tadbir bilan o‘chirmoqchi bo‘ldilar
va o‘g‘illariga: «Sizlar o‘z mahsulotlaringizdan Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar. Kimning qurbonligini Alloh qabul
qilsa, Iqlima o‘shanga nikohlanadi», - deb shart qo‘ydilar. Alloh taolo Hobilning qurbonligini qabul qildi. Bunga
chiday olmagan Qobil Hobilni o‘ldirdi va dinidan ayrilib kofir bo‘ldi. Dunyoda birinchi o‘ldirish shu tariqa sodir
bo‘ldi. Alloh taolo Qur’oni karim oyatlarida shunday qissa keltiradi:
ِﺮَﺧﻵا َﻦِﻣ ْﻞﱠﺒَﻘَﺘُﻳ ْﻢَﻟَو ﺎَﻤِهِﺪَﺣَأ ْﻦِﻣ َﻞِّﺒُﻘُﺘَﻓ ﺎًﻧﺎَﺑْﺮُﻗ ﺎَﺑﱠﺮَﻗ ْذِإ ِّﻖَﺤْﻟﺎِﺑ َمَدﺁ ْﻲَﻨْﺑا َﺄَﺒَﻧ ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ُﻞْﺗاَو َﻦﻴِﻘﱠﺘُﻤْﻟا َﻦِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا ُﻞﱠﺒَﻘَﺘَﻳ ﺎَﻤﱠﻧِإ َلﺎَﻗ َﻚﱠﻨَﻠُﺘْﻗﻷ َلﺎَﻗ ) ٢٧ ( َﻠُﺘْﻘَﺘِﻟ َكَﺪَﻳ ﱠﻲَﻟِإ َﺖْﻄَﺴَﺑ ْﻦِﺌَﻟ ﺎَﻧَأ ﺎَﻣ ﻲِﻨ