Hech qanday ma’bud yo‘q, illo sen borsan, poksan. Albatta men o‘z jonimga zulm qiluvchilardan bo‘ldim!». (La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz-zolimiyn). Bu duo arsh tagiga yetdi. Farishtalar: «Yo Alloh, uzoq shahardan tanish bir ovoz eshitilyapti» - deb so‘radilar. Alloh
ularga: «Uni tanimayapsizlarmi?» - dedi. Farishtalar: «Yo‘q! Ey Rabbimiz, kim u?» - deb so‘raganlaridan so‘ng, Alloh: «Bu
bandam Yunusning ovozi-ku!» - dedi. Farishtalar: «Bu bandangdan sening huzuringa doim solih amallar va mustajob
duolar kelardi-ku! Ey Robbimiz! Tinchlik vaqtida senga ibodat qilgan bandangga balo va musibat vaqtida rahm
qilmaysanmi?» - dedilar. Alloh taolo: «Albatta, rahm qilaman» - deb, nahanga buyurdi. Nahang Yunus (a.s.)ni sohilga
chiqarib tashladi». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-bet. Tarixi Tabariy, 1-j. 461-bet) Bas, agar Allohga doim tasbeh aytuvchilardan bo‘lmaganida, albatta, u baliq qornida, to qayta tiriladigan
(qiyomat) kunigacha qolib ketgan bo‘lur edi.
Yunus (a.s.) avval shoshilib, keyin qilmishlariga pushaymon bo‘ldilar, dahshatli qorong‘ulikda o‘zlarini
yo‘qotmadilar. Allohdan mag‘firat va najot so‘radilar, unga tasbeh aytib, tavba qildilar. Alloh Yunusning
tavbalarini qabul qildi.
Qur’oni karimning Anbiyo surasida shunday xabar beriladi:
َﺖْﻧَأ ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ْنَأ ِتﺎَﻤُﻠﱡﻈﻟا ﻲِﻓ ىَدﺎَﻨَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َرِﺪْﻘَﻧ ْﻦَﻟ ْنَأ ﱠﻦَﻈَﻓ ﺎًﺒِﺿﺎَﻐُﻣ َﺐَهَذ ْذِإ ِنﻮﱡﻨﻟا اَذَو َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا َﻦِﻣ ُﺖْﻨُآ ﻲِّﻧِإ َﻚَﻧﺎَﺤْﺒُﺳ ) ٨٧ ( ﻲِﺠْﻨُﻧ َﻚِﻟَﺬَآَو ِّﻢَﻐْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻴﱠﺠَﻧَو ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَﺠَﺘْﺳﺎَﻓ ﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا َﻦ ) ٨٨ ( «Zunnun-Yunusning qavmidan g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: