Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
82
nasablari Yusufning ukasi Binyomin avlodlariga bog‘lanadi.
Shom mamlakatining Mavsil qishloqlaridan biri bo‘lgan Naynavoda istiqomat qiluvchi qavm sanamlarga
ibodat qilardilar. Alloh taolo bu butparast xalqni Haq diniga da’vat etish uchun Yunus (a.s.)ni payg‘ambar etib
yubordi. Yunus (a.s.) juda ko‘p nasihatlar qilgan bo‘lsalar ham, qavmga Alloh hidoyat nasib etmadi, imonga
kelmadilar, butlaridan yuz o‘girmadilar.
Yunus (a.s.) ularga, agar imon keltirmasalar, bir necha kundan keyin ularga Allohning azobi kelishini
aytadilar. Ular shunda ham imonga kelmaydilar. Yunus (a.s.) qavmdan g‘azablanadilar va yo‘llarida duch
kelgan dengiz sohilida bir kemaga minib, ulardan uzoqlashadilar.
Yunus (a.s.) kemaga mingan kunlari Naynavo shahri ustidagi osmon qoraydi, shaharni dahshatli quyuq
tuman qopladi. Hamma Yunus (a.s.) aytgan dahshatli azobning kelishi haq ekanligini angladi, ularning
qalblariga o‘lim vahimasi tushib, biz ham Od, Samud, Lut qavmlariga o‘xshab Allohning umumiy azobiga
duchor bo‘lib, yer bilan yakson bo‘lib, yer yuzidan butunlay nomimiz o‘chib ketmasa edi, do‘zax azobiga giriftor
bo‘lmasak edi, deb Yunus (a.s.)ni ko‘p qidirdilar, Allohga ko‘p iltijo qildilar. Alloh taolo ularning tavbasini qabul
qildi, ularga shafqat qildi va muayyan azobdan xalos qildi.
Dostları ilə paylaş: