kimga sabrdan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan». Arablar maqolida shunday deyiladi: «Sabr nusratga yetkazuvchi vositadir». 2. Nusrat faqat Allohdandir. Qissada bayon etilishicha, Ayyub (a.s.)ning musibatdan avvalgi hayotlarida
seribodat bo‘lganlari, ertayu kech Allohga iltijo va duoda bo‘lganlari, Alloh taolo esa bu bandasini barcha
ne’mat bilan siylagani, bunga shaytonning hasadi va adovati qo‘zg‘ab: «Ayyub (a.s.)ning bunday ibodatda
mustaqim turishlariga ne’matlar sababchidir. Agar bu ne’matlardan judo bo‘lsa, ibodatdan ham yuz o‘giradi», -
deb Ayyub (a.s.)ning boshlariga shunchalik musibat tushishiga sabab bo‘ldi. Ammo qissadan shu narsa ayon
bo‘ldiki, Ayyub (a.s.)ning ko‘p ibodat qilishlari ne’matlar tufayli emas, balki, imonlarining mustahkamligi tufayli
ekan. Musibatlar ketma-ket yog‘ilsa ham, uzoq muddatga cho‘zilsa ham, Ayyub (a.s.)ning imonlari yanada
quvvatlandi, ibodatlari yanada samimiylashdi va iltijolari qattiq bo‘ldi. Natijada, Allohning marhamatiga
erishdilar, shayton esa noumid bo‘ldi.
Bundan xulosa shuki, islom ibodatiga yangi kirgan kishilar, agar biroz ishlari yurishmay qolsa yoki biror
dindor kishidan kamchilik sodir bo‘lsa, darhol Alloh bilan urushib: «Men namoz boshlaganimdan keyin ishim
yurishish o‘rniga teskarisi bo‘ldi», - deb yoki «falonchi namozxon bo‘lib turib ayb ish qildi, bor men namozxon
bo‘lmayman», - deb Allohdan yuz o‘girib ketuvchilarga bu qissada katta ibrat bor. Alloh taolo faqat O’zini
degan va:
ُﻦﻴِﻌَﺘْﺴَﻧ َكﺎﱠﻳِإَو ُﺪُﺒْﻌَﻧ َكﺎﱠﻳِإ ) ٥ ( «Yolg‘iz O’zinggagina ibodat qilaman va yolg‘iz O’zingdangina yordam so‘rayman»,(Fotiha, 4.) - degan
bandalarini hech qachon tashlab qo‘ymaydi va dunyoda ham oxiratda ham xor qilmaydi.
3. Har bir dardning davosi bor. Alloh taolo Ayyub (a.s.)ning duolarini ijobat qilganidan keyin, oyoqlari bilan
yerni tepish va shu yerdan chiqqan buloq suvi bilan yuvinib va ichib poklanishni buyurdi. Alloh taolo busiz ham
payg‘ambari jismidagi kasallikni yo‘q qilib, o‘sha ondayoq aslilariga qaytarishga qodir edi. Kasallikka davo
istashni, uni topib, iste’mol qilib, shu sabab bilan shifolanishni payg‘ambariga buyurdi. Demak, har qanday
bemor ham, o‘z kasalining shifosini Allohdan so‘rash bilan birga, uning sababiga kirishishi, davosini qidirishi
lozim. Ko‘p davolash vositalari orasidan qaysi birini sabab qilish esa Allohga havola. Shuning uchun
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Turli usullar bilan davolaninglar, sihhat topasizlar!»