Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
84
Ba’zi olimlar aytadilar: «Alloh taolo qovoqni hikmat bilan yaratgan. Uning bargi o‘ta muloyim, soyasi qalin. Unga chivin
yaqinlashmaydi, mevasini po‘sti va urug‘i bilan pishirib ham, xomicha ham yeyish mumkin. Uning inson salomatligiga
foydasi katta. Bu daraxt mevasi insonlarga berilgan Allohning ulug‘ ne’matlaridandir».
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira,
218-219-bet.)
Yunus (a.s.)ni nahang yutishi voqeasining qachon bo‘lgani va u kishining kimga g‘azab qilib qochganlari
haqida ulamolarning turli fikrlari mavjud.
Yuqorida keltirilgan dalillardan, Yunus (a.s.) qavmlarining inkoridan g‘azablanib, Allohning iznisiz ulardan
uzoq-uzoqlarga qochmoqchi bo‘lganlari va yo‘lda kemaga minganlaridan keyin jazo tariqasida nahang yutgani
ma’lum bo‘ladi.
Qur’oni karimning «Vas-soffat» surasi, 139–140-oyatlarining tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur ham shunday fikrni
bildirgan
.
(A.Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 451-bet. Ibn Kasir tafsirida ham (3-j, 191-
bet), “Muxtasari tafsiri Tabariy”da ham (Anbiyo surasi, 87) Yunus (a.s.) qavmidan g‘azablangani yoziladi.)
Dostları ilə paylaş: