َباَﺬَﻋ ْﻢُﻬْﻨَﻋ ﺎَﻨْﻔَﺸَآ اﻮُﻨَﻣﺁ ﺎﱠﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ َمْﻮَﻗ ﻻِإ ﺎَﻬُﻧﺎَﻤﻳِإ ﺎَﻬَﻌَﻔَﻨَﻓ ْﺖَﻨَﻣﺁ ٌﺔَﻳْﺮَﻗ ْﺖَﻧﺎَآ ﻻْﻮَﻠَﻓ ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ْﻢُهﺎَﻨْﻌﱠﺘَﻣَو ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا ِةﺎَﻴَﺤْﻟا ﻲِﻓ ِيْﺰِﺨْﻟا ) ٩٨ ( «Koshki biror qishloq ahli imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan va halok bo‘lmagan bo‘lur edi. Illo, Yunus qavmi shunday qildi. Iymon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkizdik va ularni ma’lum vaqtgacha hayot lazzatidan bahramand qildik».(Yunus, 98.) Qavm uylariga sog‘-omon qaytdilar, Yunus (a.s.)ni ko‘rishni, unga itoat etishni juda xohlardilar, ammo
Yunus (a.s.) qavmlarini tashlab, Allohning iznisiz ulardan uzoq yerda – dengizda ketayotgan edilar.
َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ ﱠنِإَو ) ١٣٩ ( ِنﻮُﺤْﺸَﻤْﻟا ِﻚْﻠُﻔْﻟا ﻰَﻟِإ َﻖَﺑَأ ْذِإ ) ١٤٠ ( «Yunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab qochgan edi. (Vas-soffot, 139-148.) Yunus payg‘ambar qavmning inkoridan g‘azablanib, ulardan uzoq-uzoqlarga qochib ketmoqchi bo‘ldilar va
yo‘llarida katta dengizga uchradilar. (Yunus (a.s.) Naynavodan qochib, Tartish(hozirgi Tunis)ga bormoqchi bo‘ldilar. O’rta dengiz sohilidagi Yaffa shahri(hozirgi Quddusga yaqin)dan kemaga o‘tirdilar va kemadan dengizga uloqtirildilar. Dengizda nahang qornidan yerga chiqqanlaridan so‘ng Naynavoga qaytdilar.) «Yunus (a.s.) shu ketishda qavmlaridan qochib, Tartish (hozirgi Tunis)ga borishni istagan edilar».(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 102-bet) Kema dengiz o‘rtasiga kelganda yurmay qoldi. Kema egasi: «Ichingizda bir gunohkor odam bor, shuning
uchun kema yurmayapti», - deydi. Gunohkorni aniqlash uchun qur’a tashlanadi. Uch marta ham qur’a Yunus
(a.s.)ning nomlariga tushdi. Yunus (a.s.) gunohkor odam sifatida dengizga tashlandilar. (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim. Lubnon. 307-bet.) Yunus (a.s.) uch martada ham qur’a o‘z nomlariga chiqqanini ko‘rib, bunda Allohning tadbiri, hikmati va siri borligini
sezdilar, Allohning hijratga iznisiz qavmlaridan qochib suvga tushganlari o‘zlarining xatolari ekanini his qildilar va qorong‘i
zulmat qa’riga singib ketish uchun o‘zlarini dengiz bag‘riga otib, uning mavji ixtiyoriga topshirdilar. (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-bet.) Bas, kemadagilar bilan qur’a tashlashdi va mag‘lub bo‘ldi. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang
yutib yubordi.
Alloh taolo katta bir nahangga Yunus (a.s.)ni yutib yuborishni, ammo uning tanasini hazm qilmaslikni,
suyagini sindirmaslikni, omonat saqlashni buyurdi. Chunki mehribon parvardigor o‘zining ulug‘ payg‘ambarini
sog‘-salomat bo‘lishini istagan edi. Imom Ahmad va ba’zi muhaddislar Ibn Abbos (r.a.)dan shunday hadis rivoyat qilganlar: «Rasululloh (s.a.v.)
dedilar: «Ey bola, men senga bir necha kalimalarni o‘rgataman: Allohni yodingdan chiqarma, u seni