4. Sizlarning eng yaxshilaringiz oilasiga yaxshi munosabatda bo‘luvchilaringizdir. Ayyub (a.s.) obro‘lari yaxshi,
mol-dunyolari serob, tan-jonlari salomat paytlarida ayollariga yaxshi munosabatda bo‘ldilar, mehribonlik qildilar. Yaxshi
yedirib, yaxshi kiyintirdilar. Boshlariga musibat tushganda esa, ayollari ham yaxshilikni qaytarib, hamma tashlab ketsa
ham, u tashlab ketmadi, vafodorlik qildi, juda mehribonlik bilan kasalni boqdi. Bu narsa barsa musulmonlarga ham ibrat.
Insonning omadini kelib, ishini yurishib turishi har qachon ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun omadli paytlarda oilada
ham, hamkasblar orasida ham har bir qadamni o‘ylab bosish kerak bo‘ladi. Manmanlik, oilaga xiyonat, ayollarga yomon
munosabat va minnat qilishdan uzoq bo‘lish kerak. Alloh taolo Qur’on oyatlarida «Umr yo‘ldoshingizga yaxshilik qiling»
(Niso, 36.) degan.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham o‘zlari ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lish bilan birga, ummatlarini ham
shunga da’vat qilganlar.
Ayyub (a.s.)ning qissalarida ayollar uchun ham yaxshi ibrat bor. Ayyubning xotinlari erining omadi ketgan
paytda ham sabr-matonat bilan unga qaradi, vafo qildi. Eri bilan o‘tkazgan baxtli onlarni unutmadi va baxtsiz
kunlarda undan jirkanmadi va yuz o‘girmadi. Natijada, Allohdan mukofotini oldi, ya’ni avval yo‘qotgan baxti,
farovonligi qaytib keldi. Buning ustiga qo‘shimcha «payg‘ambarning soliha xotini» mavqe’ini saqlab qoldi,
oxiratda payg‘ambar bilan jannatga kirish baxtiga ega bo‘ldi. Sadoqatli ayolning xolis xizmatini Alloh taqdirlab,
uni jazodan O’zi qutultirdi:
«Yana biz Ayyubga aytdik: «Qo‘lingga bir bog‘ (novda)ni olib, u bilan xotiningni urgin – qasamingni buzmagin». Yoshlik, sog‘lik, mansabdorlik va omadli paytlarida erlari bilan o‘ynab kulgan ko‘pgina ayollar bu qissadan
o‘zlariga xulosa chiqarib olishlari lozim. Erining ishi orqaga ketganda, qariganda va kasal bo‘lganda uni
mensimasdan xorlaydigan, o‘z holiga tashlab qo‘yadigan, xiyonat ko‘chasiga kirib ketadigan va unga tanbeh
bergan eriga: «Men sendan nima ko‘rdim, endi o‘z bilganimni qilaman, bilganimcha yuraman!» - deydigan
ayollar Ayyub (a.s.)ning xotinlari Rahimadan vafodorlikning va sabrning mukofoti nima bo‘lishini o‘rganib
olsalar yomon bo‘lmas edi.