Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Musibatlar insonning baxtsizligiga dalolat qilmaydi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

1. Musibatlar insonning baxtsizligiga dalolat qilmaydi. Inson hayoti davomida turli musibatlar, sinovlar, 
kasalliklar va omadsizliklarga uchraydi. Bu narsa (ko‘pchilik o‘ylaganidek) uning qilgan biror yomon ishi 
evaziga ko‘rgilik emas, erishgan ketma-ket muvaffaqiyatlari ham, uning yaxshiligiga berilayotgan mukofot 
emas. Chunki, bu dunyo qilmishiga yarasha jazolanadigan joy emas, balki oxiratga zaxira tayyorlaydigan 
maydondir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bu haqda: «Dunyo oxiratning ekinzoridir», - deganlar. Bu dunyoda 
qilingan yaxshilikni ham, yomonlikni ham mukofot yoki jazosini Alloh taolo oxiratda beradi. 
Agar bu dunyoda yaxshi va mo‘min odamga faqat yaxshilik bo‘lganda, yomon va kofir odamga faqat 
yomonlik berilganda edi, dunyoda yomon odam qolmasdi, hech kim Allohni inkor etmasdi, kofir bo‘lmasdi. 
Aksincha, dunyo oxirat ekinzori bo‘lgani va inson yaxshilik bilan ham, yomonlik bilan imtihon etib sinalgani 
uchun, yaxshi odamlarning ham, yomon odamlarning ham oralarida azoblanayotganlar, ishi 
yurishmayotganlar, omadsizlar, falokatlarga yo‘liqqanlar bor. Ular orasida rohatda yashayotganlar, maqsadiga 
erishayotganlar, boy-badavlatlar, omadlilar borki, bu sinovlar hali ularning qaysi birlari baxtli, qaysi birlari 
baxtsiz ekanligini aniqlash va hukm chiqarish uchun imkon bermaydi. Har ikki toifa uchun har ikki holat 
shunchaki bir sinovdir. Alloh taolo shunday deydi: 
 َنﻮُﻌَﺟْﺮُﺗ ﺎَﻨْﻴَﻟِإَو ًﺔَﻨْﺘِﻓ ِﺮْﻴَﺨْﻟاَو ِّﺮﱠﺸﻟﺎِﺑ ْﻢُآﻮُﻠْﺒَﻧَو
 
«Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon qilurmiz. Keyin faqat Bizgagina 
qaytarilursizlar». (Anbiyo, 35.)
 
Hattoki bunday sinovlar payg‘ambarlar ustilarida ko‘proq va qattiqroq bo‘ladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
shunday marhamat qilganlar: 
«Odamlarning eng qattiq sinovga uchraydiganlari payg‘ambarlardir. Ulardan so‘ng avliyolar, 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin