Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ْﻢُهﻮُﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/270
tarix16.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#98904
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 َﻦﻴِﻗِﺮْﺸُﻣ ْﻢُهﻮُﻌَﺒْﺗَﺄَﻓ
)
٦٠
(
ﱠﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ُبﺎَﺤْﺻَأ َلﺎَﻗ ِنﺎَﻌْﻤَﺠْﻟا ىَءاَﺮَﺗ ﺎﱠﻤَﻠَﻓ
 َنﻮُآَرْﺪُﻤَﻟ ﺎ
)
٦١
(
 
Bas, (Fir’avn lashkari) tong paytida ularning iziga tushdilar. Bas, qachonki, ikki jamoa bir-birini 
ko‘rishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik» - dedilar. (Shuaro, 60-61) 
Fir’avnning quvib kelayotganini ko‘rib, qavm dahshatga tushdi. Ularning ba’zilari: «Qul bo‘lsak ham Misrda 
qolganimiz mana shu cho‘lda o‘lib ketganimizdan yaxshiroq edi» - deb afsus chekishdi. Ularni Muso (a.s.): 
«Qo‘rqmanglar, Fir’avn va uning askarlari endi Misrga qaytib borisholmaydi» - deb tinchlantirdilar. Alloh taolo 
aytadi: 
 ِﻦﻳِﺪْﻬَﻴَﺳ ﻲِّﺑَر َﻲِﻌَﻣ ﱠنِإ ﻼَآ َلﺎَﻗ
)
٦٢
(
 
(Muso) aytdi: «Yo‘q, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni (xavfsiz) yo‘lga boshlar!». 
(Shuaro, 60-62.)
  
 
Alloh taolo payg‘ambari Musoga najot yo‘lini ko‘rsatib, qo‘lidagi aso bilan dengizni urishni buyurdi: 
 ِﻢﻴِﻈَﻌْﻟا ِدْﻮﱠﻄﻟﺎَآ ٍقْﺮِﻓ ﱡﻞُآ َنﺎَﻜَﻓ َﻖَﻠَﻔْﻧﺎَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َكﺎَﺼَﻌِﺑ ْبِﺮْﺿا ِنَأ ﻰَﺳﻮُﻣ ﻰَﻟِإ ﺎَﻨْﻴَﺣْوَﺄَﻓ
)
٦٣
(
 
“Bas, Biz Musoga: «Asoying bilan dengizni urgin!» - deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) bo‘linib, har 
bir bo‘lak suv ulkan tog‘ kabi bo‘ldi”. (Shuaro, 63.) 
Dengiz yorilib, undan o‘n ikkita yo‘l ochildi. Baniy Isroilning o‘n ikki qabilasi alohida-alohida yo‘ldan yura 
boshladilar. Suv esa Allohning buyrug‘i bilan o‘rkachlar misoli tog‘dek qotib qolgan edi. (Ibn Kasir. Qisasul-
anbiyo. Qohira. 263-bet.)
 
Abdulloh ibn Abbos, Mujohid, Ikrima, ar-Rabi’, az-Zahhok, Qatoda, Ka’bul ahbor, Sammok ibn Harb va 
boshqa olimlarning rivoyat qilishlaricha, Musoning qavmi dengizdan o‘tib bo‘lganda ham, dengiz harakatsiz 
holda, mavjlar o‘rkachsimon tog‘dek qotib turar ekan, dengiz sohiliga Fir’avn yetib keldi. Dengizning ko‘rinishi 
uning yuragiga vahima soldi. Dengizning bunday hay’atda ko‘rinishi faqat qudratli Allohning ishi ekanligini 
ko‘nglidan o‘tkazdi. Nogahon otining jilovini tortib, dengiz kechuviga tushmadi. Musoning ketidan quvib bekor 
yo‘lga tushdim, deb afsus chekdi, lekin bu yerdagi afsusdan hech foyda yo‘q edi. Qo‘rqayotganini bildirmaslik 
uchun o‘zini lashkarlariga jasur va mo‘‘jizakor qilib ko‘rsatishga urindi. Ularga: «Qaranglar, menga itoat 
qilmasdan, mening mamlakatimdan qochib ketayotgan qullarimni tutib olishim uchun dengiz menga qanday 
sharoit yaratib, bo‘yin egyapti» - deb xitob qildi. 
Ular ham shu yo‘ldan o‘tayotganlarida dengiz ularning ustini suv bilan yopdi va barcha dushman askarlari 
suvga g‘arq bo‘lishdi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin