Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
108
Ibn Abdulhakim «Misr tarixi» kitobida shunday yozadi: «Mana shu vaqtdan boshlab ayollarning erkaklar
ustidan hukmronligi boshlandi. Amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning beva qolgan xotinlari nasab
jihatidan o‘zlaridan past sanalgan oddiy mehnatkash erkaklarga turmushga chiqishga majbur bo‘ldilar. Ammo
avvaldan qul yoki xizmatkorga mensimasdan muomala qilib o‘rgangan
boyvuchcha ayollar, ularga xotin bo‘lib
tekkanlaridan keyin ham o‘z maqomlarini tark etmadilar, erlariga shunday qo‘pol muomala qilishda davom
etdilar. Ayollarning bunday dimog‘dorligi, oila jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari Misrda
hozirgi paytgacha
davom etib kelmoqda».
Ahli kitoblar aytadilar: «Alloh taolo Fir’avn va uning qavmini halok qilganidan keyin, Muso (a.s.) va bani
Isroil: «O’zining do‘stlari bo‘lgan otliqlarni (Isroil avlodlarini) halokatli dengizdan sog‘-salomat o‘tkazgan,
dushman askarlariga esa qahr qilgan qudratli Parvardigorimizni ulug‘laymiz!» - deb tasbih aytdilar.
Nabiyya Maryam qo‘liga
childirma olib chiqdi, boshqa ayollar ham childirma, nog‘oralarni ko‘targan holda
unga ergashdilar. Maryam jo‘r ayollarga bosh bo‘lgan holda shunday tasbeh aytdi: «Otliq
dushmanlarga qahr
etib, ularni dengizga uloqtirgan Rabbimizni poklayman».
Nabiyya Maryam Muso va Horunning tug‘ishgan opasi edi. Uning «nabiyya» deb atalishiga sabab, odatda
podshoh xonadonidan bo‘lgan
har qanday ayol-qizga malika, amirlik xonadonidan bo‘lsa, amira deb murojaat
qilinganidek, ikki payg‘ambarning opasi bo‘lgan Maryamni ham nabiyya deb atashardi.
Maryam va boshqa ayollarning xursandchilikdan childirma va nog‘ora chalishlari Muso (a.s.)ning
shariatlarida man etilmagan edi. Shuningdek, nikoh to‘ylarida, g‘oyibni kutib olishda nog‘ora va
childirma
chalish Muhammad (s.a.v.)ning shariatlarida ham man etilmagan. Oysha onamizning xonadonlarida qizlar
childirma chalib o‘yin qilishayotgan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa devorga o‘girilib yotgan edilar.
Abu Bakr
Siddiq kirib qoldilar va qizlarga: «Rasulullohning uylarida Shaytonning o‘yinini qilyapsizlarmi?» - deb zajr
qildilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Ey Abu Bakr, ularni o‘z holiga qo‘ying, har bir qavmning bayram kuni bo‘ladi,
bugun bizning bayramimizdir» - dedilar.
Dostları ilə paylaş: