ُﻣ ﺎَﻳ اﻮُﻟﺎَﻗ ْﻢُﻬَﻟ ٍمﺎَﻨْﺻَأ ﻰَﻠَﻋ َنﻮُﻔُﻜْﻌَﻳ ٍمْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ اْﻮَﺗَﺄَﻓ َﺮْﺤَﺒْﻟا َﻞﻴِﺋاَﺮْﺳِإ ﻲِﻨَﺒِﺑ ﺎَﻧْزَوﺎَﺟَو ﻰَﺳﻮ َنﻮُﻠَﻬْﺠَﺗ ٌمْﻮَﻗ ْﻢُﻜﱠﻧِإ َلﺎَﻗ ٌﺔَﻬِﻟﺁ ْﻢُﻬَﻟ ﺎَﻤَآ ﺎًﻬَﻟِإ ﺎَﻨَﻟ ْﻞَﻌْﺟا ) ١٣٨ ( ِﻪﻴِﻓ ْﻢُه ﺎَﻣ ٌﺮﱠﺒَﺘُﻣ ِءﻻُﺆَه ﱠنِإ َنﻮُﻠَﻤْﻌَﻳ اﻮُﻧﺎَآ ﺎَﻣ ٌﻞِﻃﺎَﺑَو ) ١٣٩ ( َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا ﻰَﻠَﻋ ْﻢُﻜَﻠﱠﻀَﻓ َﻮُهَو ﺎًﻬَﻟِإ ْﻢُﻜﻴِﻐْﺑَأ ِﻪﱠﻠﻟا َﺮْﻴَﻏَأ َلﺎَﻗ ) ١٤٠ ( «Isroil avlodini dengizdan o‘tkazganimizda, o‘z sanamlariga sig‘inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: «Ey Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!» (Muso): «Sizlar johil qavm ekansizlar. Zero, ularning sig‘inib turgan narsalari barbod bo‘luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir». (Muso yana) dedi: «Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo‘ygan Allohdan o‘zga iloh qidirayinmi?!».(A’rof, 138-140.) Abu Voqid al-Laysiy shunday rivoyat qiladi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn tarafga jihodga chiqdik.
Sidra nomli daraxt yonidan o‘tayotganimizda Rasulullohga: «Bizga ijozat bersangiz, mana shu daraxtdan
kofirlar foydalanganlaridek, biz ham qurol-aslahalarimizni unga osib, atrofida aylanib, biroz istirohat qilardik» -
dedik. Rasululloh (s.a.v.):
«Allohu akbar! Bu gap Isroil avlodlarining gapi edi. Sizlar ham qadimda o‘tgan qavmlarning ishini takrorlayapsizlar!» - dedilar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan.) Muso (a.s.) o‘z qavmlari bilan dunyoning eng katta shahri hisoblangan Ariho(Hozirgi Quddus shahri)
454
ga
yo‘l oldilar. U yerni Amoliqa qavmidan tortib olmoqchi bo‘ldilar. Isroil avlodlariga Allohning berayotgan
ne’matlarini eslatib, uning shukronasi uchun jihodga buyurilganini, bu jihodda ularning g‘alaba qilish bashorati
berilganini ham aytdilar. Lekin ular Muso (a.s.) ga itoatsizlik qilib: «Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz.
Sen Rabbing bilan borib jang qil», - deyishdi.