bo‘lsam, imkoningiz qadar ado etinglar!»
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
MUQADDIMA
Bismillahir rohmanir rohiym
Barcha olamlarning Rabbi va Parvardigori Alloh taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin.
Faxri Koinot - Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga, u zotning ashoblariga, ahli
baytlariga salovotu-durudlar bo‘lsin.
Butun yer yuzidagi insoniyat, Sharqu G’arbdagi barcha qavm va millatlarga rasul qilib
yuborilgan payg‘ambarlarning oxirgisi Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam
qiyomatga qadar odamzotni saodat va najotga yetaklovchi ulug‘ yo‘lboshchi bo‘lib
qolaveradilar. Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shamoillari, xulq-odoblari har
bir mo‘min-musulmon uchun katta ibrat, u zotning yashash tarzlari, ko‘rsatmalari, amr-
qaytariqlari har birimiz uchun muhim dasturil-amaldir. Chunki Payg‘ambar alayhissalom
yurish-turishda, muomala-muosharatda, holi hayotda va ibodatda, oilada va kishilar
orasida, xullasi barcha sohada o‘z davrlarida ham, undan keyin Allohning rasuliga xos
yuksak fazilatlar, oliy xulq sohibi bo‘lib qoldilar. Zotan, Nabiyning (sollallohu alayhi
vasallam) o‘zlari ham: «Men yaxshi xulqlarni kamolga yetkazish uchun payg‘ambar
bo‘lib keldim», deganlar. Yana bir hadisi sharifda: «Mo‘min kishiga berilgan narsalarning
eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgan. Rasuli akram haqlarida so‘ragan kishilarga
zavjalari hazrati Oisha: «Payg‘ambarimizning axloqlari Qur’on edi», deb javob berganlar.
Haqiqatan Qur’onning barcha amrlari Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) siyrat
va suratlarida aks etgan.
Alloh taolo o‘z kitobida: «Payg‘ambar o‘zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u
Dostları ilə paylaş: |