www.ziyouz.com kutubxonasi
6
IBODATGA DOIR QAYTARIQLAR
Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetti
joyda: axlat tashlangan yerda, hayvon so‘yiladigan joyda, qabristonda, yo‘l o‘rtasida,
hammomda, tuya yotgan yerda va Ka’ba tomi ustida namoz o‘qishdan qaytardilar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Amr ibn Shuayb otasidan, u esa bobosidan rivoyat qiladilar. «Janob Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam masjidda she’r aytish va savdo-sotiq qilishdan qaytardilar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Hazrati Oishadan (r.anho) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sahobalarga rahm qilib, ro‘zani
bir-biriga bog‘lashdan (ya’ni ikki ro‘zaning o‘rtasida iftorlik qilmaslikdan) man etganlar».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hajda ne’matlarni
ko‘z-ko‘z qilish va maishatparastlikdan qaytarganlar».
(Imom Ahmad rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haj va
umra uchun ehrom bog‘lagan kishini ko‘ylak ham, salla ham, cholvor ham, burnus ham,
mahsi ham kiymoqdan qaytardilar (Kavush topmagan kishi mahsi qo‘njini to‘pig‘idan
past qilib kesib tashlab kiysa bo‘ladi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehrom
bog‘lagan odamning vars yoki za’faron bilan bo‘yalgan kiyim kiymog‘ini man qildilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Ka’bani tavof qilayotib bir odamning ikkinchi bir odamni tasma bilan yetaklab
ketayotganini ko‘rib qoldilar-da, tasmani o‘z qo‘llari bilan qirqib tashladilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki yolg‘on so‘zlash odatini tashlamasa va
Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za tutgani bilan ro‘zasi qabul bo‘lmaydi, Alloh
unga rahmat nazarini tashlamaydi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishilarga rahm-shafqat qilib, ularning
salomatliklarini o‘ylab, uzluksiz ro‘za tutmoqdan qaytarganlar va «dinda buyurilmagan
narsalarni qilaman, deb o‘zini qiynamoqlik durust emas», deganlar.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
Dostları ilə paylaş: |