www.ziyouz.com kutubxonasi
9
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hali daraxtdan
uzib olinmagan ho‘l xurmoni xurmo qoqisiga va hali tokdan uzilmagan uzumni mayizga
sotishni man qildilar (Chunki tupidan uzib olinmagan ho‘l mevaning vazni noma’lum
bo‘lib, bunday savdoda bir tomonning haqi ikkinchisiga o‘tib ketadi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tupida
turgan har qanday ho‘l mevani qoqisiga sotishni man etdilar. Ya’ni bu shunday savdo
bo‘ladiki, bir kishi ikkinchi bir kishiga: «Daraxtdagi mevalaringni turishicha menga sot,
evaziga senga falon miqdorda qoqisidan beraman, agar mevani uzib olganimda ko‘p
chiqsa-mayli, men foyda qilaman, basharti oz chiqsa, zarar qilsam ham mayliga»,
deydi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pishgan
(daraxtdan uzib olingan) xurmoni (daraxtdagi) xom xurmoga, mayizni (yoki pishgan,
tokdan uzib olingan uzumni tokdagi g‘o‘r) uzumga va (hali o‘rib olinmagan), boshog‘idan
tozalanmagan bug‘doyni (o‘rib), boshog‘idan tozalab qo‘yilgan bug‘doyga sotishni man
qildilar.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bog‘ning
xom hosilini, agar u xurmo bo‘lsa - pishgan xurmoga, agar u uzum bo‘lsa - mayizga,
agar u ekin bo‘lsa - biror oziq-ovqat mahsulotiga chamalab sotishdan qaytardilar.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Jobir (r.a.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (daraxtdagi xom)
hosilni yaroqli bo‘lgani ko‘rinmay (ya’ni pishmay) turib sotmoqni man qildilar. (Bundan
buyon) daraxtdagi xom hosil faqat dinoru dirhamga sotiladigan bo‘ldi, muhtoj kishiga
vaqtincha berilgan daraxtdagi xom hosil bundan mustasnodir.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muhoqala
(ekinzorni bug‘doyga sotish)ni va muzobana (daraxt tepasidagi pishmagan hurmoni
quritilgan xurmoga almashtirish)ni man qildilar.
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam don
boshoqlari oqarmasdan va ofatdan omon qolgani bilinmasdan turib (daladagi hosilni)
sotishni man qildilar, sotuvchini ham, oluvchini ham bundan qaytarganlar.
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzumni
qoraymagunicha va donni toki boshog‘ida qotmagunicha sotishdan qaytardilar.
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Abu Mas’ud al-Ansoriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy alayhissalom it sotib, fohishalik
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
hamda kohinlik (folbinlik) qilib topilgan pulni ishlatishdan qaytarganlar.
(Imom Buxoriy va Termiziy rivoyatlari)
Dostları ilə paylaş: |