www.ziyouz.com kutubxonasi
11
ICHIMLIKLARGA OID QAYTARIQLAR
Abu Qatoda (r.a.) otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bunday deb aytdilar: «Birortangiz (suv yoki boshqa biror ichimlik) ichsangiz, idish ichiga
nafasingizni chiqarmang va agar birortangiz peshob qilsangiz o‘ng qo‘lingiz bilan
olatingizni poklamangiz».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
meshlarning og‘zini buzib, ulardan suv ichmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltin va kumush idishlarda, uchgan va darz ketgan
idishlarda suv ichmoqdan qaytardilar.
(«Ming bir hadis»)
Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘k
ko‘zadan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda men: «Oq chinni ko‘zada ichsak
bo‘ladimi?», deb so‘radim. U zot: «Yo‘q!», dedilar». (Ko‘za hoh oq, hoh ko‘k bo‘lsin,
undagi meva suvi achib, mast qiladigan bo‘lib qolsa, ichish mumkin emas).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ali ibn Abu Tolib (k.v.) rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qovoqdan
yasalgan va mumlangan idishlardan foydalanmoqdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ibrohimning rivoyatlarida mo‘minlar onasi Oisha (r.anho) shunday dedilar: «Janob
Rasululloh bizni, ya’ni barcha xonadon a’zolarini qovoq va mumlangan idishlarda sharob
tayyorlamoqdan qaytarganlar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayizdan hamda
quritilgan, xom va yangi uzilgan xurmolardan (sharob tayyorlamoqdan) qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ko‘pi mast qiladigan ichimlikning ozidan
ham sizlarni qaytaraman».
(Imom Nasaiy rivoyatlari)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har qanday mast qiluvchi va bo‘shashtiruvchi
(giyohvand) narsalarni iste’mol qilishni man etganlar.
(Abu Dovud va Ahmad rivoyatlari)
Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
quritilgan xurmo bilan endigina rang kirgan xurmoni hamda quritilgan xurmo bilan
mayizni bir-biriga qo‘shmoqdan qaytarganlar. Bularning har biridan alohida sharbat
tayyorlanadi».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
Dostları ilə paylaş: |