KIYINISHDAGI QAYTARIQLAR
Abu Umar Barro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
yetti narsaga buyurib, yetti narsadan qaytarganlar. Qaytarganlari: 1) tilla uzuk taqmoq,
2) kumush idishda ichmoq, 3) tuya egarlariga kimxob yoki ipakli mato to‘shamoq, 4)
ipak va kanop aralashmasidan libos kiymoq, 5) ipak gazlama kiymoq, 6) qalin ipak
kiymoq, 7) yupqa ipak kiymoq».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari)
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni (ya’ni
erkaklarni) yetti narsadan qaytarganlar: 1) kumush idish tutmoqdan, 2) tilla uzuk
taqmoqdan, 3) ipakli kiyim kiymoqdan, 4) deboj (guldor ipakli kiyim) kiymoqdan, 5)
qasiy (dag‘al matodan kiyim) kiymoqdan, 7) rivoyatda tushirib qoldirilgan.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayra va Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam erkaklarni tilla uzuk taqishdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy va Termiziy rivoyatlari)
Huzayfa ibn Yamon (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oltin va
kumush idishda yeb-ichmoqni, harir (yupqa) deboj kiymoqni hamda bunday matolar
ustida o‘tirmoqni bizga man qildilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Barro ibn Ozib deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizil maysara va qassiy
kiymog‘imizdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulaziz Anas ibn Molikdan (r.a.) naql qilib deydilar: ««Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam erkaklarning za’faron ishlatmog‘ini man qildilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kishining
yalang qavat kiyim kiyib yurmog‘idan hamda uning etagini yelkasiga tashlab olmog‘idan
qaytardilar (chunki u shunday qilsa, avrati ko‘rinib qoladi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Janob Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yengi yo‘q va tor kiyim kiymoqni va tizzani quchoqlab, oldini ochib o‘tirmoqni
qattiq qoraladilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Dostları ilə paylaş: |