Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Ey, mo'minlar! Toki gapirayotgan gaplaringizni (o'zlaringiz) biladigan bo'lgunlaringacha, mast



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

43. Ey, mo'minlar! Toki gapirayotgan gaplaringizni (o'zlaringiz) biladigan bo'lgunlaringacha, mast 
hollaringda namozga yaqinlashmangizlar!* Yana junub (nopok) hollaringizda ham, to poklanmaguncha 
(namozga yaqinlashmangiz). Magar safarda bo'lsangizlar (bu mustasnodir). Bordiyu betob yo safarda 
bo'lsangiz, yoki sizlardan birortangiz hojatxonadan chiqqan bo'lsa, yoxud xotinlaringiz bilan yaqinlik 
qilgan bo'lsangizu suv topa olmasangiz, pokiza yer (tuproq, tosh, qum, chang kabilar) bilan tayammum 
qilib, yuzlaringiz va qo'llaringizga surting. Albatta, Alloh afv etuvchi va kechiruvchidir.  
Izoh: "Baqara" surasining 119-oyati izohiga qaralsin. Bu oyat ham mansuxa (hukmi bekor qilingan) oyatlar 
turiga kiradi. Zero, undan keyin ichkilik to'g'risida qat'iy oyatlar nozil qilingan.  
44. Kitob (Tavrot)dan nasibador bo'lgan kishilar gumrohlikni sotib olayotganlari va (to'g'ri) yo'ldan 
adashishlaringizni xohlayotganlarini ko'rmadingizmi (ey, Muhammad)?! 
45. Alloh dushmanlaringiz (kim ekani)ni yaxshiroq biluvchidir. Allohning O'zi yetarli do'st, Allohning 
O'zi yetarli yordamchidir.
 
46. Yahudiy bo'lganlar orasida shundaylari (ham) borki, Allohning so'zini o'z o'rnidan o'zgartiradilar va 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
56
tillarini burib, dinga ta'na yetkazish g'arazida: "Eshitdik va bo'yin sunmadik. Eshitilmas (so'zlar)ni 
eshit va bizni asra", - deydilar*. Agar ular: "Tingladik va bo'yin sundik, eshit va bizga ham nazar qil", - 
deganlarida, o'zlari uchun yaxshiroq va to'g'riroq bo'lar edi. Lekin, ularni Alloh kufrlari sababli 
la'natladi. Endi, (ularning) ozgina (qismi)dan boshqalari imon keltirmaydilar.  
Izoh: "Baqara surasining 104-oyati izohiga qaralsin.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin