Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
61
100. Kimda-kim Alloh yo'lida hijrat qilsa, yer (yuzi)da ko'p boshpana va kenglik topadi. Har kim Alloh
va Uning payg'ambari sari hijrat qilib, (o'z) uyidan chiqsayu, so'ngra (yo'lda) unga o'lim yetsa, albatta,
uning mukofoti Alloh zimmasidadir. Alloh kechiruvchi va rahmlidir.
101. Yer (yuzi) bo'ylab safar qilganingizda, agar kofirlarning sizlarga fitna (hujum) qilishidan
qo'rqsangiz, namozni qasr (qisqa) qilishingizda sizlar uchun gunoh yo'qdir. Kofirlar sizlarga aniq
dushmandir.
Izoh:Safarga chiquvchilarga shariati Islomiya qator yengilliklar beradi. Ulardan biri to'rt rak'atli farz
namozlarni ikki rak'atli qilib qisqartirishdir. Bunga "qasr" deyiladi. Uch rak'atli shom namozi qisqartirilmaydi.
Yana safarda vitr va bomdod namozlarining sunnatidan boshqa sunnat namozlar ham o'qilmaydi. Safarda
Ramazon oyining ro'zasini ham tutmasdan, keyin qazosini tutishga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: