ichilishdan qo'rqishlariga yaqinroq (tadbir)dir. Allohdan qo'rqingiz va eshitingiz! Alloh fosiqlar qavmini hidoyat qilmagay. 109. Alloh payg'ambarlarni yig'ib, "Qanday javob oldingiz?" - deb so'raydigan Kuni (ular): "Bizda ilm yo'q. Faqat Sen O'zing g'oyib (narsa)larning allomasidirsan", - deydilar. 110. Eslang, Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam! Senga va onangga bergan ne'matimni yodingga ol, qaysiki, Seni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladim, odamlarga beshikda va voyaga yetganingda gapirding. Senga yozuvni, hikmatni, Tavrot va Injilni ta'lim berdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini yasading. So'ngra unga dam urganingda, u Mening iznim bilan (chinakam tirik) qushga aylandi. Mening iznim bilan ko'r va pesni tuzatding. Mening iznim bilan o'liklarni (qabrlaridan tirik holda) chiqarding. Shuningdek, Isroil avlodiga hujjatlarni keltirganingda, seni ular (g'azabi)dan asraganimni esla. Ularning kofirlari: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degan edilar. 111. Havoriylarga: "Menga va Rasulim (Iso)ga imon keltiringlar", - deb vahiy yuborganimda, ular: "Imon keltirdik. Bizning ixlosli (mo'min) ekanligimizga O'zing guvoh bo'l!" - deganlarini (ham) yodingizga keltiring! 112. Havoriylar: "Ey, Iso ibn Maryam! Rabbing bizga osmondan bir dasturxon nozil qila oladimi?" - deganlarida, (Iso): "Agar mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar!" - deganini (ham) eslang! 113. Ular dedilar: "Biz undan (dasturxon ziyofatidan) yeb, ko'nglimiz xotirjam bo'lishini va sening rostgo'yligingni bilib, (so'ngra) unga (dasturxonga) guvohlik bermoqchimiz". 114. Iso ibn Maryam dedi: "Ey, Rabbimiz - Alloh! Bizga osmondan (bir) dasturxon tushirginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram hamda Sendan (bizga) mo''jiza bo'lsin. Bizni (undan) rizqlantir! Sen