www.ziyouz.com кутубхонаси
80
AN’OM SURASI An'om - chorva mollari.
Ular haqida bir necha oyatlar bo'lgani uchun sura shu nom bilan nomlangan. Surada Islom aqidasi asoslari,
shariat ahkomlari, oilaviy masalalar, jihod ahkomlari, g'ayridinlarga doir ko'rsatmalar, qiyomat, oxirat,
payg'ambarlar, dunyo va hayot mohiyatiga taalluqi ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Sura to'laligicha Makkada
nozil qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Hamd osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni paydo etgan Allohga (xos)dir. So'ngra kufrga ketganlar Parvardigorlariga (soxta ma'budalarni) tenglashtirmoqdalar. 2. (U) Sizlarni (Odam Atoni) loydan yaratib, so'ngra ajal (muddati)ni hal qilgan zotdir. Belgilangan ajal (qiyomat bo'lish vaqti va boshqa hisoblar) ham Uning huzuridadir. (Shundan) keyin (ham) sizlar shak qilmoqdasizlar. 3. U osmonlarda ham, Yerda ham Allohdir. Sir tutganu oshkor qilgan narsalaringizni bilur. Qilayotgan ishlaringizni (ham) bilur. 4. Ularga (Makka mushriklariga) Parvardigorlarining dalillaridan (qanday bir) dalil kelmasin, (baribir) undan yuz o'giruvchi bo'ldilar. 5. Ularga haqiqat (Qur'on) kelishi bilan uni yolg'onga chiqardilar. Ularga o'zlari mazax qilib yurgan narsa (Qur'on)ning xabarlari tez orada kelib qolur. 6. Ulardan oldin necha avlodni halok etganimizni ko'rmadilarmi?! Ularga Yerda sizlarga bermagan imkoniyatlarni berdik, ustilariga osmon (yomg'ir)ni yog'dirdik va ostilaridan anhorlarni oqizib qo'ydik. So'ngra gunohlari tufayli ularni halok qildik va ulardan keyin boshqa avlodni keltirdik. 7. Bordiyu Sizga (ey, Muhammad,) qog'ozga (yozilgan) bitikni tushirsagu uni qo'llari bilan siypalab