Alloh shu (hukm)ni buyurayotganiga guvohmisizlar? Odamlarni adashtirish uchun ilmsizlik bilan Alloh sha'niga yolg'on to'qigan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay. 145. Ayting: "Menga vahiy qilingan narsa (Qur'on)da yeydigan kishiga o'limtik, to'kilgan qon, cho'chqa go'shti - u, albatta, palid - va (so'yishda) Allohdan o'zganing nomi atalgan "fisq" (hayvon)dan boshqa yeyish harom qilingan narsani topmayapman". Bas, kimki zaruratda qolib, (boshqaga) zulm qilmagan va (zarurat) haddidan oshmagan holda (ularni yesa), albatta, Rabbingiz kechirimli va rahmlidir. 146. Yahudiy bo'lmish kimsalarga barcha tuyoqli (hayvon)larni harom qildik. Sigir va qo'ylardan yog'larini ularga harom qildik. Illo, biqinlaridagi yo ichlaridagi yoki suyakka qotishgan narsa (yog'lar)ni (harom qilmadik). Bu ularning tajovuzkorliklari sababli jazolaganimizdir. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz. 147. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Rabbingiz rahmati kengdir. Uning azobi (esa) jinoyatchilar qavmidan qaytarilmaydi". 148. Mushrik bo'lmish kimsalar: "Alloh xohlaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham mushrik bo'lmagan va biror (halol) narsani harom qilmagan bo'lur edik", - deyishadi. Ulardan oldingilar ham, to azobimizni totmagunlaricha, (payg'ambarlarni) xuddi shunday yolg'onchiga chiqarganlar. Ayting: "Sizlarda bizga chiqaradigan (ko'rsatadigan) ilm (hujjat) bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasiz". 149. Ayting: "Yetuk hujjat faqat Allohnikidir. Agar xohlaganda edi, hammalaringizni (hidoyatga) yo'llagan bo'lur edi". 150. Ayting: "Mana shu (narsalar)ni Alloh harom qilganligiga guvohlik beruvchi guvohlaringizni