155. Mana bu Biz nozil qilgan muborak Kitob (Qur'on)dir, unga ergashingiz va taqvoli bo'lingiz, toki rahm qilingaysizlar. 156. "Bizdan oldingi ikki toifaga kitob nozil qilingan edi. Biz esa ularni o'rganishdan g'ofilmiz", - deyishlaringiz 157. yoki: "Agar bizga (ham) kitob nozil qilinganda edi, biz ulardan ko'ra hidoyatliroq bo'lar edik", - deyishlaringiz (Bizga ma'lum bo'lgani uchun Qur'onni nozil etdik). Albatta, sizlarga Rabbingizdan hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Bas, Allohning oyatlarini yolg'onga chiqargan va ulardan yuz o'girgandan ko'ra kim zolimroq ekan?! Oyatlarimizdan yuz o'girganlarni, yuz o'girib yurganlari tufayli yomon azob bilan jazolagaymiz. 158. Ular faqat (jon oluvchi) farishtalar kelishini yo Rabbingiz (azobi) kelishini yoki Rabbingiz belgilari (qiyomat alomatlari)dan ba'zisi kelishinigina kutmoqdalar. Rabbingiz belgilaridan ba'zisi kelgan kuni esa, oldin imon keltirmagan yoki imonida yaxshilik orttirmagan jonga (bu) imoni foyda bermaydi. Ayting: "Kutaveringiz, biz ham kutuvchilarmiz". 159. Dinlarini (firqalarga) bo'lib, (turli) guruhlarga aylanganlar (uchun) biror narsada (Siz mas'ul) emassiz. Ularning ishi Allohga (havola). So'ngra (U) ularni qilib yurgan amallaridan ogoh qilur. 160. Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o'n barobar (ko'paytirib yozilur). Kimki (bir) yomon (gunoh ish) qilsa, faqat o'sha (gunoh) miqdorida (bir gunohga yarasha) jazolanur. Ularga zulm qilinmagay. 161. Ayting: "Rabbim meni To'g'ri yo'lga, rost dinga, (haq yo'lda) barqaror Ibrohimning diniga yo'lladi. (U) mushriklardan emas edi". 162. Ayting: "Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Rabbi Alloh uchundir.