"do'stlar"ga ergashmangiz! Eslatmadan juda kam ta'sirlanmoqdasizlar. 4. Qanchadan-qancha qishloq (ahli)ni halok qildik - ularga azobimiz tun yoki kun uyqusida ekanliklarida keldi. 5. Ularga azobimiz kelganda duolari: "Biz o'zimiz zolim edik", - deyishdan o'zga bo'lmadi. 6. Albatta, (payg'ambar) yuborilganlar bilan ham, payg'ambarlar bilan ham savol-javob qilurmiz. 7. Ularga, albatta, (qilmishlarini) bilgan holda so'zlab berurmiz. Biz g'oyib emasmiz. 8. O'sha kuni vazn (amallarni o'lchab tortishlik) haqiqatdir. Kimning mezonlari (amallari) og'ir kelsa, aynan o'shalar tolei yor kishilardir. 9. Kimning mezonlari (amallari) yengil kelsa, ana o'shalar oyatlarimizga zulm (inkor) qilganlari sababli, o'zlariga ziyon qilganlardir. 10. Albatta, sizlarni Yerda qaror toptirdik va unda sizlar uchun maishiy vositalarni (paydo) qildik. (Lekin) juda oz shukr qilursizlar. 11. Albatta, (Biz) sizlarni (Odam Atoni) yaratdik, so'ngra sizlarga (unga) suvrat berdik, so'ngra farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar!" - dedik. (Ular) sajda qildilar, illo Iblis sajda qiluvchilardan bo'lmadi. 12. (Alloh) aytdi: "Senga buyurganimda sajda qilishingga nima mone'lik qildi?" U dedi: "Men undan yaxshiman, meni olovdan yaratgansan. Uni (Odamni esa) loydan yaratding". 13. Aytdi: "Undan (jannatdan) chiq! U yer (jannat)da takabburlik qilishing senga (joiz) emas. Bas, chiq! Albatta, sen haqirlardandirsan. " 14. (U) dedi: "Meni (insonlar) tiriltiriladigan kungacha kechiktir!" Izoh: Ya'ni to qiyomatgacha meni jazolamay tur. 15. Aytdi: "Albatta, sen kechiktirilganlardansan".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur