(O'zi) buyurgan", - deydilar*. (Siz ularga): "Alloh aslo fahsh ishlarga buyurmaydi. Alloh sha'niga o'zlaring bilmagan (gap)larni aytaverasizlarmi?!" - deb ayting! Izoh: Mushriklar Allohdan boshqa soxta ma'budalarga sig'inishni va yalang'och holda Ka'bani tavof qilishni ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan meros deb da'vo qilar edilar. 29. (Yana) ayting: "Rabbim adolatli bo'lishga buyurgan. Har bir masjid (namoz) oldidan yuzlaringiz (dillaringiz)ni to'g'ri qiling! Unga (Allohga) dinni xolis qilgan hollaringizda duo qilingizlar. Sizlarni (avval boshda yarata) boshlaganidek, (qiyomatda mangu hayotga) qaytursizlar". 30. Bir guruhni hidoyatga yo'lladi, (boshqa) bir guruhga esa zalolat (bitilgani) haq bo'lib chiqdi. Zero, ular Allohni qo'yib shaytonlarni do'st qilib olib, ularni to'g'ri yo'ldagilar deb o'ylaydilar. 31. Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi. 32. Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal bayon qilurmiz. 33. Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi". 34. Har bir ummatga (jazo uchun) muhlat (belgilangan). Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni)