39. Fitna (shirk) yo'q bo'lgunicha va din butunlay Allohga bo'lgunga qadar ular bilan urishingiz! Agar (kufr)dan qaytsalar, albatta, Alloh ularning ishlarini ko'rib turuvchidir. Izoh: Din butunlay Allohga bo'lgunicha deyishdan maqsad - botil dinlar o'rniga Islom dini kelguniga qadar demakdir. 40. Bordiyu (ular) yuz o'girsalar, bilib qo'yingizki, Alloh xojangizdir. (U) naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir! O'NINCHI JUZ’ ************************* 41. Agar Allohga va ajrim kuni* - ikki qo'shin to'qnashgan kuni - bandamiz (Muhammad)ga nozil qilgan narsamiz (oyatlar, farishtalar, g'alaba)ga imon keltirgan bo'lsangiz, bilib qo'yingizki, o'lja qilib olgan narsalaringizning beshdan biri Allohga, Rasulga, qarindosh(lari), yetimlar, miskinlar va musofirlarga (tegishli)dir. Alloh har narsaga qodirdir. Izoh: Ajrim kuni - Badr jangida haq bilan botil ajrim bo'lgan kun. 42. Qaysiki, sizlar (Madina)ga yaqinroq tomonda, ular (mushrik)lar uzoqroq tomonda, otliqlar esa sizlardan pastroqda edilar. Agar (mushriklar bilan) va'dalashganingizda ham (baribir) va'da joyi va vaqtida kelisha olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh (jang sababli) halok bo'lganlar ham hujjat bilan halok bo'lishlari, tirik qolganlar ham hujjat bilan tirik qolishlari uchun bo'ladigan ishni (taqdir)ni tamomiga yetkazish maqsadida (yov bilan tasodifan to'qnashtirib qo'ydi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir. 43. Tushingizda Alloh ularni Sizga ozchilik qilib ko'rsatganini eslang! Agar ularni Sizga ko'pchilik qilib ko'rsatganda edi, sizlar sustlashib qolgan va bu ish (jang) to'g'risida nizolashgan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh sizlarni (bundan) salomat qildi. Albatta, U siynalar (dillar)dagi sirlarni biluvchidir.