Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
114
to'g'risidagi xabarni) barobar tarzda tashlang! Albatta, Alloh xoinlarni yaxshi ko'rmagay.
59. Kofir bo'lganlar "o'zib ketdik" deb o'ylamasinlar. Ular (Allohni) sira ojiz qoldira olmaydilar.
60. Ular uchun imkoningiz boricha (harbiy) kuch va otliq bo'linmalarni tayyorlab qo'yingizlar! Bu bilan
Allohning va o'zlaringizning dushmaningizni va ulardan o'zga sizlar bilmaydigan, lekin Alloh biladigan
(dushman)larni ham qo'rquvga solgan bo'lursizlar. Allohning yo'lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga
(uning savobi) zulm qilinmagan holingizda to'la-to'kis berilur.
61. Agar ular sulhga moyil bo'lsalar, Siz ham unga moyil bo'ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U
eshituvchi va biluvchidir.
62. Agar (ular) Sizni aldamoqchi bo'lsalar, bas, albatta, Sizga Alloh (O'zi) kifoyadir. U Sizni (O'z)
yordami va mo'minlar bilan quvvatlantirgan
63. va ularning dillarini (o'zaro) yaqinlashtirgan zotdir. Agar (Siz) yerdagi (hamma) narsani
sarflaganingizda ham (ularning) dillarini (bir-biriga) bog'lay olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh
ularning o'rtasini bog'ladi. Albatta, U qudratli va hikmatlidir.
64. Ey, Payg'ambar! Sizga va Sizga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir.
65. Ey, Payg'ambar! Mo'minlarni jangga undang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli (kishi) bo'lsa, ikki
yuz nafar (dushman)ni yengar. Agar sizlardan yuz nafar bo'lsa, mingta kofir bo'lganlarni yengar. Sabab
Dostları ilə paylaş: