Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
118
yoqtirgan maskanlaringiz, sizlar uchun Alloh va Rasulidan (Madinaga hijrat qilishdan), Uning (toati)
yo'lidagi jiddu jahd qilishdan (ko'ra) suyukliroq bo'lsa, (unda) to Alloh o'z amri (azobi)ni keltirguniga
qadar kutib turingiz! Alloh (esa) fosiqlar qavmini hidoyat etmagay. "
Izoh: Bu oyati karima Makkadan Madinaga hijrat qilishdan bosh tortgan musulmonlarga tahdid sifatida nozil
bo'lgan. Zero o'sha paytda Makkada qolish go'yoki, Islomdan qaytish, musulmonlar safini kamaytirish,
mushriklar sonini esa ko'paytirishdek hisoblangan.
25. Alloh sizlarni ko'p joylarda va (xususan) Hunayn kunida g'olib etdi. O'shanda (son jihatdan)
ko'pligingiz sizlarni mag'rurlantirgan edi, ammo (bu) sizlardan biror narsani daf qila olmadi va o'zining
(shuncha) kengligi bilan yer (sizlarga) tanglik qilib qoldi. So'ngra ortingizga chekindingiz.
Izoh: Hunayn Makka tevaragidagi vodiy bo'lib, Havozin Qabilasi boshligi Molik 20 ming kishilik lashkar bilan
musulmonlar ustiga bostirib kirganda, shu erda harbiy to'qnashuv ro'y bergan. Suraning 25-28-oyatlarida shu
xususida bayonot berilgan.
Dostları ilə paylaş: