Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
137
masxara qilib yurgan narsalari (azob) ularni qamrab olur.
9. Agarda biz insonga O'z marhamatimizni tottirib, so'ngra (yana) uni tortib olsak, (qarabsizki) u
noumid va noshukr (bo'lib qolur).
10. Agarda unga biror zarar kelib ketgandan keyin ne'matlarni tottirib qo'ysak: "Yomonliklar mendan
(o'zicha) ketdi", - deydi, albatta. Zero, u mag'rur va faxrlanuvchidir.
11. Illo, sabrli bo'lgan va ezgu ishlarni qilganlarga, aynan o'shalarga mag'firat va katta mukofot bordir.
12. Balkim, Siz "Unga biror xazina tushsa edi yoki u bilan birga (guvoh sifatida) biror farishta kelsa
edi",- deganlari uchun Sizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ba'zilarini tark etmoqchidirsiz va shu
sababli yuragingiz siqilayotgandir. Siz, axir, faqat ogohlantiruvchisiz, Alloh esa har narsaga vakil
(guvoh)dir.
13. Yoki: "Uni (vahiyni Muhammad) to'qib chiqaryapti", - deydilarmi? Ayting: "Agar gaplaringiz rost
bo'lsa, shunga o'xshash o'nta to'qilgan sura keltirib, Allohdan o'zga imkoningiz yetganicha (yordamga
yoki guvohlikka) kimni bo'lsa ham chaqiringizlar!"
14. Bas, agar (ular) sizlarga javob qilmasalar, bilingizki, albatta, nozil qilingan narsa (Qur'on) Allohning
ilmi bilan (vahiy qilingan) ekan va Undan o'zga iloh yo'q ekan. Bas, endi sizlar musulmonmisizlar?!
Izoh: Javob qilmaydiganlar - kofirlar va ular sig'inadigan but-sanamlari.
Dostları ilə paylaş: