www.ziyouz.com кутубхонаси
143
87. (Ular) dedilar: "Ey, Shuayb! Ota-bobolarimiz sig'inib kelayotgan narsa (ma'buda)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to'g'ri eding-ku?!" 88. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim? (O'ylab) ko'rdingizmi, agar (men) Rabbim tomonidan hujjatga ega bo'lsam va (U) meni yaxshi rizq bilan ta'minlagan bo'lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?). Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o'zim qilishni istamayman. Islohdan o'zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. (Bunga) muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir. Unga tavvakul etdim va Unga inobat qildim (ixtiyorimni topshirdim) 89. Ey, qavmim? Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga yetganga o'xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag'in! Lut ham sizlardan uzoq emas. 90. Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz! Albatta, Rabbim rahmli va do'stlashuvchi zotdir". 91. Dedilar: "Ey, Shuayb! Sening aytayotganlaringdan ko'pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz (inson) ekanligingni ko'rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo'lmaganida, seni toshbo'ron qilgan bo'lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. " Izoh: Shuayb (a. s.)ning o'z qavmi ichida qarindoshlari ham bo'lgan. Ular payg'ambarni himoya qilishlari mumkin deb kofirlar hadiksirab turar edilar. 92. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? (Shuning) uchun Uni ortingizga (e'tiborsiz) tashlab qo'ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringni qamrab oluvchidir.