Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
145
115. Sabr qiling! Bas, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmas.
116. (Qani endi) sizlardan oldingi asrlarda o'tgan fazilat egalari yer (yuzi)dagi fasod (ishlar)dan
qaytarganlarida edi? Lekin ular ichida Biz najot berganlardan ozchiligi (bu) ishni qildilar. Zulm
qilganlar o'z rohat-farog'atlari ketidan ketdilar va jinoyatchi bo'lib qoldilar.
117. Rabbingiz aholisi islohotchi bo'lgan shaharlarni zulm bilan halok etuvchi emasdir!
118. Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo'lur edi. (Ular)
mudom turlicha (har xil e'tiqodda) bo'lib borurlar.
119. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar. Ularni shuning uchun yaratgandir.
Rabbingizning "Jahannamni barcha (kufrda o'tgan) jinlar va odamlar bilan to'ldirajakman", - degan
Dostları ilə paylaş: